O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
«Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar» mavzusidagi panel muhokamasi o'tkazildi
2022-10-18 | Innovatsiya
18-oktabr kuni “InnoWeek.uz-2022» xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida «Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar» mavzusidagi panel muhokamasi o'tkazildi.
Panel muhokamasida Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bosh direktori Daren Tang (video murojaat), Birlashgan Arab Amirligi delegatsiyasi rahbari, Muhammad bin Rashid nomidagi Hukumat innovatsiyalari markazi rahbari Abir Taxlak hamda Germaniya Sharqiy biznes assotsiatsiyasi Boshqaruvchi direktori Maykl Xarms (video murojaat), Senatning Orolbo'yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo'mitasi raisi Boriy Alixanov , Isroil Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Tamar Zandberg (video murojaat), MITSUBISHI HEAVY INDUSTRIES, LTD. kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti Kentaro Hosomi, «Expo 2030 Roma» maxsus elchisi Romeo Orlandi hamda Saudiya Arabistonining Qirol Abdulla nomidagi Fan va texnologiyalar universiteti prezidenti Toni Chan va Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirok etdi
Panel muhokamasida O'zbekiston va xorijiy mamlakatlar vakillari tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan innovatsion texnologiyalar, muqobil va energiya tejamkor mahsulotlar, yashil innovatsiyalar hamda ularning dunyodagi ekologik muammolariga ijobiy ta'siri to'g'risida ma'lumotlar berildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi