O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dastur ijrosi

Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhining navbatdagi yig‘ilishi

30.09.2020JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Joriy yilning 29- sentabr kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi o‘z faoliyatini boshladi.

Piskent va Oxangaron tumanlarini kompleks rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi

28.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 27-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi va vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat ishchi guruhi Piskent va Oxangaron tumanlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasining joriy holatini o‘rganish va uni oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun Toshkent viloyatiga yo‘l oldi.

Xorazm, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi topshiriqlari ijrosining monitoringi o‘tkazildi

27.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 26-27 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi hamda vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlaridan iborat ishchi guruhi Xorazm viloyatiga borib, joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning, shuningdek, eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan viloyatda olib borilgan ishlari yakunida ishlab chiqilgan choralarning amalga oshirilishini o‘rgandi.

Prezident: Raqamli iqtisodiyotsiz mamlakat iqtisodiyotining kelajagi yoʻq

22.09.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22-sentabr kuni tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qilish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida investisiya, sanoat va eksport faoliyatini kuchaytirish borasidagi ishlarning asosiy yo‘nalishlari belgilandi

22.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 19-20 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida hamda vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlaridan iborat eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi Andijon va Namangan viloyatlarining investisiya, sanoat va eksport imkoniyatlarini o‘rganish hamda ushbu hududlarning mavjud iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanishga qaratilgan birinchi darajali chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ishlar yakunlarini sarhisob qildi. 

Toshkent shahrida jahon standartlari asosida AYOQSlar tashkil etilmoqda

21.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi 793-sonli qaroriga muvofiq 2020-yil 1-sentabrga qadar hududlarda savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish, tez ovqatlanish shoxobchalari, bepul wi-fi zonalari, shuningdek, sanitariya va shaharsozlik norma va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlangan bittadan namunaviy AGTKS, AGQS va AYOQS faoliyat ko‘rsatishini tashkil etish belgilangan.  

Kommunal sohadagi loyihalar va tariflar mahalliy kengashlar bilan kelishiladi

18.09.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-sentabr kuni ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri - Timur Ishmetovning 2020-yilning 1-yarim yilligida Davlat byudjeti ijrosiga bag‘ishlangan Oliy Majlis Senati yalpi majlisidagi ma'ruzasi

14.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Davlat byudjetining 2020-yil I-yarim yilligi ijrosi yuzasidan MA'RUZA

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida investisiya, sanoat va eksport faoliyatining o‘sishini rag‘batlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

14.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 12-13-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida hamda vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlaridan iborat eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining investisiya, sanoat va eksport imkoniyatlarini o‘rganish hamda hududlarning mavjud iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanishga qaratilgan ustuvor chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ishlar yakunlarini sarhisob qildi.

Tadeush Bodio: O‘zbekiston Prezidenti inqiroz sharoitida mamlakatni boshqarish qobiliyatini namoyish etmoqda

11.09.2020JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

VARShAVA, 11-sentabr. /«Dunyo» AA/. Varshava universiteti qoshidagi Siyosatshunoslik institutining Sharqshunoslik fakul'teti rahbari, professor T.Bodio ilmiy-tadqiqot ishlari yakuni bo‘yicha «Marshalek» xoldingi tomonidan chop etilgan "Nowa polityka Wschodnia" ("Yangi Sharq siyosati") to‘plamida "O‘zbekiston: davlat to‘liq qayta qurish jarayonida" sarlavhali maqolasini e'lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha navbatdagi vebinar

09.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishining 2-bayonnomasi 5–bandi ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi joriy yilning 8-sentabr kuni Moliya vazirligi tomonidan navbatdagi vebinar tashkillashtirildi. Vebinar Jahon bankining “Logistika samaradorligi indeksi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi”, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi” va INSEAD universiteti hamda Cornell tashkilotining “Global innovasiyalar indeksi” mavzulariga bag‘ishlandi. 

2020-yil yanvar-avgust oylarida Davlat budjeti daromadlari

07.09.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

2020-yil yanvar-avgust oylarida Davlat byudjeti daromadlari 82,9 trln.so‘mni tashkil qildi, shundan 63,5 trln.so‘mi soliq idoralari tomonidan nazorat qilinadigan tushumlarga, hamda 14 trln.so‘mi bojxona idoralari tomonidan nazorat qilinadigan tushumlarga to‘g‘ri keladi. Davlat byudjetining boshqa daromadlari 8,4 trln.so‘mni tashkil qildi.

Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib-taomillari yengillashtirilishi kutilmoqda

06.09.2020JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

2020-yil 4-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi videokonferensaloqa tarzida bo‘lib o‘tdi.

Buxoro viloyati bo‘yicha istiqbolli rejalar belgilab olindi

23.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro xalqaro aeroporti binosida mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Xalq Deputatlari Viloyat Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

17.08.2020JamiyatManba: Buхоrо vilоyati hоkimligi

Bugun, 17-avgust kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Bo‘stonliq tumanida turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar ko‘rib chiqildi

14.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni turizm salohiyatini kengaytirishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

09.08.2020HujjatlarManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Eksport salohiyatini rivojlantirish va investisiya loyihalarini amalga oshirishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

08.08.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida respublika tadbirkorlari va eksportchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jahon bozorlaridagi mavjud kon'yunkturani hisobga olgan holda mahalliy eksport hajmini oshirish bo‘yicha choralarni ko‘rish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlarini amalga oshirishni muhokama qilish maqsadida videokonferensiya shaklida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish borasidagi ishlar keskin tanqid qilindi

05.08.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni energetika, transport, kommunal xo‘jalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.