O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dastur ijrosi

Toshkent viloyatining turizm salohiyati “Oltin halqa” konsepsiyasi asosida rivojlantiriladi

03.01.2020Turizm

Toshkent viloyatiga tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini ko‘paytirish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mahalliy aholi daromadini oshirish maqsadida Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent, Bo‘ka, Chinoz, Zangiota tumanlari va Angren shahrida “Oltin halqa” konsepsiyasi asosida zarur infratuzilma shakllantiriladi. Vazirlar Mahkamasining “2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘risida”gi 1053-sonli qarorida (2019 yil31 dekabr) shu haqida so‘z yuritiladi. 

BAA rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoniga ega bo‘ladi

31.12.2019Turizm

2020 yilning 1 yanvaridan e'tiboran Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari 30 kun muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoniga ega bo‘ladi. Prezidentning 2019 yil 28 dekabrdagi “2019 yil 18 martdagi “BAA fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish rejimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5691-sonli Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Farmonida (№5897) shu haqida so‘z yuritiladi.

Prezident yangi korxonalarning iqtisodiy samaradorligi va ekologik tozaligiga alohida e'tibor qaratdi

28.12.2019Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida barpo etilayotgan yangi korxonalar qurilishini borib ko‘rdi. 

E'LON

16.12.2019Ta’lim
Ertaga, 17-dekabr soat 11:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mutasaddi xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Oʼzbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyiha BMT tomonidan maqullandi

11.12.2019Turizm

14 noyabr kuni BMT Bosh Аssambleyasi 74-sessiyasining Ikkinchi qoʼmitasida Oʼzbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Markaziy Osiyoda barqaror turizm va barqaror rivojlanish” rezolyutsiya loyihasi bir ovozdan qabul qilindi, - deb хabar beradi BMTning yangiliklar xizmati.  

“5 tashabbus maktabda” festivaliga 6,16 mingdan ziyod videoroliklar facebook ijtimoiy tarmogʻiga joylashtirildi

11.12.2019Ta’lim

Oʻquvchi-yoshlarning madaniyat, sanʼat, sport, axborot-texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish, oʻquvchi-qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish maqsadida www.facebook.com ijtimoiy tarmogʻida 5tashabbus_maktabda guruhi tashkil etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi to‘g‘risida AXBOROT

10.12.2019Siyosat

2019-yil 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.