O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2020-yil yanvar-avgust oylarida Davlat budjeti daromadlari
2020-09-07 | Iqtisodiyot
2020-yil yanvar-avgust oylarida Davlat byudjeti daromadlari 82,9 trln.so‘mni tashkil qildi, shundan 63,5 trln.so‘mi soliq idoralari tomonidan nazorat qilinadigan tushumlarga, hamda 14 trln.so‘mi bojxona idoralari tomonidan nazorat qilinadigan tushumlarga to‘g‘ri keladi. Davlat byudjetining boshqa daromadlari 8,4 trln.so‘mni tashkil qildi.
Tog‘-kon kompaniyalaridan daromadlar jami 22,6 trln.so‘mni (yoki umumiy daromadlarning 27,3 foizini), jumladan foyda solig‘i 11,1 trln.so‘mni, yer qa'ridan foydalanganlik uchun solig‘i 7,6 trln.so‘mni va davlat ulushiga hisoblangan dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar 3,8 trln.so‘mni tashkil qildi.
Joriy yilning 8 oyi davomida foyda solig‘i bo‘yicha jami 17 trln.so‘m va yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha jami 10,4 trln.so‘m kelib tushdi.
Yanvar-avgust oylarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq va bojxona idoralari tomonidan jami 23 trln.so‘m, jumladan soliq idoralari tomonidan 11,7 trln.so‘m, bojxona idoralari tomonidan 11,2 trln.so‘m undirib olindi.
Shu bilan birga, joriy yilning 8 oyi davomida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha to‘lovchilarga 3 trln.so‘m, jumladan I yarim yillikda 1,6 trln.so‘m, iyulda 577 mlrd.so‘m, avgustda esa 779 mlrd.so‘m mablag‘ qaytarildi.
Joriy yilning 1-iyulidan boshlab, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisobga olinadigan miqdorining hisoblangan miqdordan oshib ketgan qismi, faqat “nol'” stavka qo‘llaydiganlar uchun emas, balki barcha toifadagi to‘lovchilarga qaytariladigan tartib joriy qilindi.
Davlat byudjeti daromadlarining ayrim soliqlar bo‘yicha yo‘qotishlari, qimmatbaho metallar narxining oshib borishi natijasida tog‘-kon korxonalaridan qo‘shimcha tushumlar, davlat korxonalaridan dividendlar hamda Davlat byudjetining boshqa daromadlari hisobiga qisman qoplanadi.
Umuman olganda, 2020-yil yanvar-avgust oylari tushumlari asosida qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil yakunlari bo‘yicha Davlat byudjeti tushumlari 125,8 trln.so‘mni yoki O‘zbekiston Respublikasining «2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida» Qonunida ko‘zda tutilgan prognozga nisbatan 2,6 trln.so‘m kam bo‘lishi kutilmoqda.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi