O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dastur ijrosi

Farhod Ermanov: Xorazmda narx-navo barqarorligi saqlanadi

25.10.2020IqtisodiyotManba: O'zA
Viloyat hokimligida xalq deputatlari Xorazm viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida 2020-yil yakuni va 2021-yil may oyigacha oziq-ovqat xavfsizligini va ichki bozorda narx-navo barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Surxondaryoga oʻsimlik yogʻi va shakar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijdan olib kelinadi, narxi 25 foizgacha arzonlashadi

25.10.2020IqtisodiyotManba: O'zA

Bu haqda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida maʼlum qilindi.

Sektor rahbarlarining hisoboti tinglandi

25.10.2020IqtisodiyotManba: O'zA

Nukusda boʻlib oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining toʻqqizinchi sessiyasida Orolboʻyi hududida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash toʻgʻrisidagi masala muhokama etildi.

Shavkat Abdurazzoqov: viloyat oziq-ovqat zaxira jamg‘armasiga 10 milliard so‘m yo‘naltiriladi

24.10.2020IqtisodiyotManba: O'zA
Deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari hamda hokimlik mutasaddilari, sektorlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirokidagi xalq deputatlari Namangan viloyati kengashining o‘ninchi sessiyasi qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.

Navoiy viloyatida 12 ming tonnadan ortiq meva-sabzavot eksport qilingan

24.10.2020IqtisodiyotManba: O'zA

Navoiy viloyatida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ichki isteʼmoldan ortiqcha qismi boshqa hududlarga sotilgan hamda 17 million 378 ming AQSH dollari qiymatidagi 12 ming tonnadan ortiq meva-sabzavot 15 dan ortiq davlatlarga eksport qilingan. 

Aziz Abduhakimov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahridagi veloyo‘lakchalarni ko‘zdan kechirdi

23.10.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Toshkent shahridagi veloyo‘lakchalar hamda aholining ommaviy sport turlari bilan shug‘ullanishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan ko‘zdan kechirdi. Ishchi guruh tarkibidan shuningdek Sport vaziri o‘rinbosari Avaz Karimov, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov, hokimning Yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Akramova hamda Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti direktori Sanjar Tadjiyev, tumanlar hokimlari va boshqalar o‘rin oldi.  

Sanoat tarmoqlaridagi natijalar va qoʻshimcha imkoniyatlar muhokama qilindi

21.10.2020SiyosatManba: O'zA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoat tarmoqlaridagi 9 oylik natijalar va yil yakunigacha bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokamasi boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Andijonda zarur miqdorda oziq-ovqat zaxirasi yaratiladi

21.10.2020JamiyatManba: O'zA

Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining oʻn uchinchi sessiyasida joriy yil 16-oktabr kuni Prezidentimiz raisligida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalari ijrosi, bu borada olib borilayotgan ishlar muhokama etildi.

Fargʻonada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muammolar boʻlmaydi

20.10.2020JamiyatManba: O'zA

Xalq deputatlari Fargʻona viloyati kengashining oʻn toʻqqizinchi sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 16-oktabr kuni oʻtkazilgan oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan muhim vazifalar muhokama etildi.

2021-yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokama qilindi

19.10.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi

19.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 17-18 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligidagi hamda vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlaridan iborat ishchi guruhi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashrifi davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarning monitoringini olib borish hamda mavjud muammoli masalalarni o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlariga va Nukus shahriga safarlarni amalga oshirdi.

Xalq deputatlari Ellikqal'a tuman kengashining navbatdan tashqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

18.10.2020IqtisodiyotManba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

2020-yil 17-oktabr kuni Ellikqal'a tumani faollari va mahalliy kengash deputatlari ishtirokida tumanning navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya kun tartibiga so‘nggi 3 yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur loyihasini  muhokama qilish va tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

«Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q» loyihasi endi ijtimoiy tarmoqlarda

16.10.2020JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

TOShKENT, 16-oktabr. /«Dunyo» AA/. «Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q» loyihasi doirasida shu nomdagi Telegram kanali faoliyati joriy yil aprel oyida yo‘lga qo‘yilgan edi. Endi loyihani Facebook va Instagramda tashkil etilgan sahifalar orqali ham muntazam ravishda kuzatib borish mumkin, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Adliya vaziri Oliy Majlis Qonunchilik palatasida huquqiy targ‘ibot bo‘yicha axborot berdi

15.10.2020JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 2020-yil, 14-oktabr kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletovning “Huquqiy targ‘ibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari “Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro mavsumiy kurortini qurish loyihasini jadal amalga oshirish va foydalanishga topshirish bo‘yicha Boshqaruv kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar

08.10.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

TOShKENT, 8-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari Sardor Umurzoqov va Aziz Abduhakimov hamraisligida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi «Beldirsoy-Chimyon-Nanay» xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va foydalanishga topshirish loyihasini jadal amalga oshirish bo‘yicha Boshqaruv kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Turizm sohasi kambag‘allikni qisqartirishga ko‘mak beradi: O‘zbekistonda ayollar bandligi va gender tenglik masalalari

06.10.2020TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish instituti xitoylik hamkorlar bilan birgalikda “Turizm sohasi kambag‘allikni qisqartirishga ko‘mak beradi: O‘zbekistonda ayollar bandligi va gender tenglik masalalari” hukumatlararo ilmiy-tadqiqot loyihasini yo‘lga qo‘yishni boshladi. 

2020-yil IV choragida mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

04.10.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida joriy yilning to‘rtinchi choragida eksport hajmining jadal o‘sishi uchun mavjud resurslardan foydalanish va qo‘shimcha zaxiralarni aniqlash bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish orqali eksport prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini ta'minlash masalalariga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Qoraqalpogʻistonda tuman va tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar belgilandi

02.10.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Prezident o‘qituvchi va ziyolilarga murojaat qilmoqda

30.09.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi.