O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq Deputatlari Viloyat Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

2020-08-17 | Jamiyat

Bugun, 17-avgust kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining o‘n ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan sessiyada viloyatdan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, huquqni muhofaza qiluvchi idora rahbarlari, tegishli viloyat boshqarmalari, tashkilotlari va muassasalari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 12-avgust kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida joylarda fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilishni taʼminlash, ularning tibbiy xizmatlardan to‘liq foydalanish imkoniyatini yaratgan holda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarning barqaror ishlashiga erishish, aholining yashash sharoitini yengillashtirish maqsadga muvofiqligi taʼkidlangan edi. Shunga muvofiq sessiyada viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Farhod Umarov so‘zga chiqib, viloyatda karantin cheklovlari yumshatilishi natijasida qayta tiklanayotgan faoliyat turlari, tadbirkorlik subyektlari, ularga qo‘yilayotgan talablar haqida to‘xtaldi.

Aytib o‘tilganidek, pandemiya davrida viloyatda 11 ming 58 ta, shundan, 450 ta sanoat, 163 ta qurilish va 10 ming 445 ta xizmat ko‘rsatish korxonalari vaqtincha faoliyatini to‘xtatgan edi. 5 ming 512 ta tadbirkorga ajratilgan 4,6 trln so‘mlik kreditdan 1 trln 293 mlrd so‘mlik to‘lovlari muddati joriy yilning 1 oktyabriga qadar uzaytirildi. 27 ta eksportyor korxonaning 23,3 mlrd so‘mlik qo‘shimcha qiymat solig‘i qaytarib berildi, 379 ta tadbirkorlik subyektiga jami 5,2 mlrd so‘mlik mol-mulk, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni 6 oyga kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imtiyozi, vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan 1 ming 411 ta subyektning jami 1,2 mlrd so‘mlik mavjud soliq qarzdorligi yuzasidan majburiy undiruv choralari ko‘rilmadi hamda 1 ming 290 ta korxonalarga aylanma mablag‘larini shakllantirish uchun 1,0 trln so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Tadbirkorlarga ko‘rsatilgan yordamlar va karantin talablarini yumshatilishi natijasida hozirda 450 ta sanoat, 163 ta qurilish korxonasi to‘liq faoliyatini tikladi.

Umuman olganda mana shu jarayonda 8 ming 430 ta tadbirkorlik subyekti faoliyati tiklanishi natijasida 53 mingdan ziyod fuqaro ish joylariga qaytishi kutilmoqda.

Ushbu masalada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari – “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Narimon Umarovning ham fikr-mulohazalari tinglandi.

Shundan so‘ng sessiya kun tartibiga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Narziyevning karantin tartiblari bosqichma-bosqich yumshatib borilishi munosabati bilan fuqarolar sanitariya talablariga qatʼiy rioya etishlari zarurligi, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi yuzasidan viloyat aholisiga murojaati o‘qib eshittirildi.

Deputatlar tomonidan bu borada o‘rtaga tashlangan takliflar muhokama qilindi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masalada deputatlar viloyat jinoyat, fuqarolik, maʼmuriy va iqtisodiy sud raislarining 2020 yilning o‘tgan 6 oyi davomidagi faoliyati bo‘yicha hisobotlarini tinglashdi.

Bu bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi o‘rinbosari Abdumannon Shaydoyev, viloyat iqtisodiy sudi raisi Maqsud Saidov, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi Azamat Ikromov, viloyat maʼmuriy sudi raisi  Suxandiyor Ro‘ziyevlar so‘zga chiqishdi.

Sud raislari deputatlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: Buхоrо vilоyati hоkimligi

Поделиться