O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib-taomillari yengillashtirilishi kutilmoqda

2020-09-06 | Jamiyat

2020-yil 4-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi videokonferensaloqa tarzida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
 
 
Yig‘ilishda Adliya vaziri R. Davletov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari D. Eshnaev, BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining din va e'tiqod erkinligi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi A.Shahid, AQShning diniy erkinliklar sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi S.Braunbek, Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiya raisi G.Manchin, Global hamkorlik instituti prezidenti K.Saypl hamda Brigam Yang universiteti professori E.Klark ishtirok etdilar.
 
Mazkur qonun loyihasi har kimning vijdon erkinligiga bo‘lgan huquqini, dinga bo‘lgan munosabatidan tashqari fuqarolar tengligini, jamiyatda millatlararo va konfessialararo kelishuvni ta'minlash borasida davlat organlari va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgani bilan ahamiyatli – deb ta'kidlandi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi  o‘rinbosari A. Saidov.
 
Qayd etilganidek, loyiha bilan diniy tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib-taomillari yengillashtirilmoqda, xususan, taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirilmoqda, davlat xizmatlari to‘liq elektron ko‘rinishda amalga oshirilishi joriy etilmoqda, ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish asoslari ro‘yxati aniq belgilanmoqda.
 
Tadbir davomida Adliya vaziri R. Davletov tomonidan qonun loyihasini ishlab chiqishda xalqaro norma va standartlar, avvalo Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt talablari, BMT Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasining tavsiyalari, shuningdek, Insoniylik mezonlari bo‘yicha YeXHTning normalari inobatga olinganligi aytib o‘tildi.
 
Shuningdek, Adliya vaziri R. Davletov mazkur qonun loyihasidagi yangi o‘zgarishlar haqida to‘xtalib, atama va tushunchalar tubdan qayta ko‘rib chiqilganligi hamda ular aniq va oddiy tilda bayon etilib, “Diniy tashkilot”, “missionerlik, prozelitim”, “diniy mazmundagi materiallar” kabi tushunchalar ochib berilganligini ta'kidladi.
 
Deputatlar tomonidan ta'kidlanganidek, mazkur qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi rasmiy veb-saytiga jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilganidan so‘ng uni takomillashtirishga qaratilgan ko‘plab takliflar kelib tushmoqda.
 
Yig‘ilishda xorijiy ekspertlar tomonidan O‘zbekistonda oxirgi to‘rt yil davomida vijdon erkinligi sohasida amalga oshirilgan islohotlar alohida e'tirof etilib, Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilayotgan mazkur qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться