O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki Buxoroda suv taʼminotini yaxshilashga 385,12 mln AQSH dollari ajratadi

2020-08-14 | Iqtisodiyot

“Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida ”Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish“ loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) tomonidan “Buxoro viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasi uchun 25 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davr bilan) 385,12 mln AQSH dollari miqdorida qarz berilishi maʼqullangan.
 
Loyihaning umumiy qiymati 437,62 mln AQSH dollarini, shu jumladan:
 
OIIB qarzi – 385,12 mln;
 
Oʻzbekiston hissasi – soliq va bojxona imtiyozlari berish tarzida 52,5 mln AQSH dollarini tashkil etadi.
 
Loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2020-2023-yillar) tashkil etadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali

Поделиться