O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Moliya vazirligi Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi hamkorligida “Koronavirus pandemiyasining zamonaviy moliya tizimiga ta’siri” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi
2020-08-13 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati hamda tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining bilim, malaka va ko‘nikmalarini, shuningdek salohiyatini oshirish maqsadida Moliya vazirligi xodimlar bilan ishlash boshqarmasi va Moliya vazirligi huzuridagi O‘quv markazi bilan hamkorlikda 2020-yil 11-avgust kuni “Koronavirus pandemiyasining zamonaviy moliya tizimiga ta’siri” mavzusidagi seminar Zoom-konferentsiyasi tashkil etildi.
Seminarda Moliya vazirligining Tarif siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish departamenti, Byudjet-soliq tadqiqotlari instituti, Davlat ishtirokidagi tijorat banklarini isloh qilishni muvofiqlashtirish departamenti hamda O‘quv markaz xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda O‘quv markazning Ilmiy-tadqiqot ishlanmalar byurosi boshlig‘i i.f.n., dotsent Gulnora Achilovna Melibayeva koronavirus pandemiyasi dunyoda tarqalishi holatlari bo‘yicha tahliliy va jahon iqtisodiyotiga bo‘lgan ta’siri, shuningdek koronavirus pandemiyasining zamonaviy moliya tizimiga ta’siri hamda inqirozdan chiqish stsenariylari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi. Mavzu doirasida ishtirokchilar o‘zlari uchun qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.
Seminar yakunida quyidagi xulosalar berildi:
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi