O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlarida investisiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi

2020-08-16 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 14-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi hamda vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat ishchi guruhi bevosita joylarga chiqib Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlarida iqtisodiy ishlab chiqarish faoliyatini tiklash, eksport salohiyatini oshirish, mahalliy aholi bandligini ta'minlash va hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan investisiya loyihalari amalga oshirilishining jarayoni bilan tanishdi.

2020-2021-yillar mobaynida ushbu hududlarda umumiy qiymati 2,4 trln so‘mlik 323 ta yangi investisiya loyihasi amalga oshirilishi va 10 ming yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan umumiy qiymati 862,0 mlrd so‘mlik 23 ta loyiha sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishni ko‘zda tutadi. Ushbu korxonalar joriy yilning 1-sentabriga qadar foydalanishga topshiriladi va 7 mingga yaqin odamni ish bilan ta'minlashning imkoni yaratiladi.
 
Ushbu korxonalar Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishining oqibatlaridan zarar ko‘rgan aholi uchun mo‘ljallab qurilayotgan turar-joy hududlarining yaqin atrofida joylashgan bo‘lib, birinchi navbatda ularning bandligini, jumladan, kasanachilikka asoslangan kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish orqali ish bilan ta'minlashga qaratilgan.
 
Ma'lum bo‘lishicha, bugungi kunga kelib, umumiy qiymati 152,3 mlrd so‘mlik 94 ta loyiha amalga oshirilgan va ishga tushirilgan. Ayni vaqtda 99 loyiha doirasida ishlab chiqarish ob'ektlarini qurish bo‘yicha ish olib borilmoqda va yana 107 loyiha bo‘yicha keyinchalik montaj qilinadigan texnologik uskunalarni sotib olish va yetkazib berish ishlari yakunlandi.
 
Korxonalarga tashrif buyurish va loyiha tashabbuskorlari bilan muloqot qilish chog‘ida kommunal xizmatlarga ulanish zaruriyati, montaj ishlarini olib borish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun import uskunalari va chet ellik mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborilishini tashkil etish va boshqa masalalar bilan bog‘liq qator muammolar mavjudligi aniqlandi.
 
Xizmat safari yakunida mas'ul rahbarlarga aniqlangan muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha muddatlari aniq ko‘rsatilgan holda manzilli topshiriqlar berildi. Shuningdek, tegishli vazirlik va tarmoq idoralari tomonidan ushbu tumanlardagi investisiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida loyiha tashabbuskorlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.
 
Yangi tashkil etilayotgan korxonalarning mahsulotlarini eksport qilishni tashkil etish masalasiga alohida e'tibor qaratildi, shu sababli O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilariga bo‘lajak buyurtmachilarni izlash va mahsulotlarni tashqi bozorlarga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish bo‘yicha choralarni ko‘rish vazifasi topshirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться