O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublikada 2020-yilda ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlarni ekilishi bo‘yicha ma’lumot

2020-08-14 | Iqtisodiyot

Respublikada 2020-yilda ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan maydonlarga jami 858,5 ming gektar, shundan 115,1 ming gektar sabzavot, 35,6 ming gektar poliz, 42,5 ming gektar kartoshka, 342,7 ming gektar dukkakli don, 20,4 ming gektar moyli, 189,4 ming gektar ozuqa, 57,8 ming gektar sholi hamda 55,1 ming gektar tariq va supurgi ekinlarini ekish ko‘zda tutilgan.

Mazkur maydonlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatlarida amalga oshirish hisobiga 2254,9 ming tonna sabzavot, 665,2 ming tonna poliz,

851,5 ming tonna kartoshka, 484,9 ming ming tonna dukkakli don, 26,5 ming tonna moyli, 6970,7 ozuqa ekinlari, 245,6 ming tonna sholi va 108,3 ming tonna tariq va supurgi yetishtiriladi. Shuningdek, yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlari asosan aholining qish va bahor mavsumidagi iste’moli uchun yo‘naltiriladi.

Joriy yilning 13-avgust holatiga ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan maydonlarga jami 731,1 ming gektar (rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga nisbatan 85,0%) takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlari ekildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться