O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tailandlik ekspertlar: BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etish tashabbusi dolzarbdir

2020-10-07 | Iqtisodiyot

BANGKOK, 6-oktabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Tailanddagi Bosh konsulxonasi xodimlari, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, ESKATO Ijroiya kotibi Armida Salsia Alisjabana va Komissiya Kotibiyati transport bo‘limi boshlig‘i Veymin Ren o‘rtasidagi uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslar ijrosi bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda davlatimiz rahbarining ESKATO faoliyatiga yaqin bo‘lgan Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etish taklifiga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqaviy markaz faoliyatining mohiyati, maqsadlari, vazifalari, ahamiyati va kutilayotgan natijalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. O‘zbekiston transport-kommunikatsiya sohasidagi mintaqaviy hamkorlikni faollashtirishga strategik ahamiyat berayotgani, dengiz portlari va yangi tashqi bozorlarga chiqishda eng qisqa yo‘lni ta’minlaydigan o‘zaro bog‘liq mintaqaviy transport-logistika tizimini shakllantirish tarafdori ekani ta’kidlandi. So‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda ushbu sohada sezilarli ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda, bu o‘zaro aloqalarni kengaytirish va mavjud imkoniyatlardan, ayniqsa transport va tranzit sohasida samarali foydalanish uchun qulay sharoit yaratmoqda.

ESKATO Ijroiya kotibi Armida Salsia Alisjabana O‘zbekiston Prezidenti tashabbuslari BMT va uning ixtisoslashtirilgan institutlari faoliyatidagi ko‘plab dolzarb masalalarni qamrab olganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u mazkur tashabbuslarning global vaziyat va harakatlar tahlili asosida o‘z vaqtida, o‘ylangan va har tomonlama tekshirilganini qayd etdi.

ESKATO Kotibiyati transport bo‘limi boshlig‘i Veymin Ren ham O‘zbekiston Prezidenti tashabbusining muhimligi va dolzarbligini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ESKATOda Markaziy Osiyo mintaqasining bunday mintaqaviy markazga ehtiyojini yaxshi anglashadi.

“Biz O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT shafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etish tashabbusini katta qiziqish bilan qabul qildik.

Ushbu tashabbus BMTga a’zo davlatlarning transport sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga bo‘lgan muhim ehtiyojini aks ettirmoqda, ESKATOga a’zo davlatlar o‘rtasidagi transport va kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha vazifalariga mos keladi”, - dedi Veymin Ren.

Tomonlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu va boshqa xalqaro tashabbuslarini amalga oshirish bo‘yicha maslahatlashuv va hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться