O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bojxona organlari uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlashning istiqbollariga bag‘ishlangan onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2020-10-15 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan “Bojxona organlari uchun salohiyatli kadrlarni tayyorlashni istiqbollari” mavzusida onlayn davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida bojxona organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, ushbu soha kadrlarini tayyorlash tizimini samarali tashkil etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasi Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Muxtorov hamda Bojxona instituti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari J.Qodirovning ma'ruzalari tinglandi.
 
Ta'kidlanganidek, Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar qatorida bojxona organlari faoliyatini tubdan o‘zgartirish va buning natijasida fuqaro va tadbirkorlarga yanada ko‘proq qulayliklar yaratish, respublikamizning jahon iqtisodiyoti bilan integratsiya qilish jarayoniga  ko‘maklashish, qolaversa davlatimiz va xalqimizning bojxonachi degan sharafli kasb sohiblariga bo‘lgan hurmat-e'tiborini oshirishga qaratilgan jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
 
Bu ayniqsa sohaga ilg‘or va zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy qilishda o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda. “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da raqamli iqtisodiyotning ajralmas bo‘lagi sifatida “raqamli bojxona” tamoyilini joriy qilsh borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
 
Jumladan,  sohaga tadbiq qilingan “Xavfni boshqarish” va “Yagona darcha” bojxona avtomatlashtirilgan axborot tizimlari ko‘magida tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi uchun vaqt bir necha barobarga qisqardi va eng asosiysi inson omilining ishtiroki minimallashtirildi. Joriy yil yakunida mazkur tizimlar qatorida “Bojxona auditi” axborot tizimi ham joriy etiladi.
 
“Raqamli bojxona” tamoyili asosida olib borilgan ishlar natijasida bugungi kunda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning 83 % foizi interaktiv, ya'ni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ko‘rsatilmoqda.
 
Tabiiyki, mazkur natijalarga erishish, vazifalarni to‘laqonli va sifatli bajarish to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadrlarning salohiyatiga ya'ni, bilimli va malakali xodimlarga bog‘liq.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3995-son qarori bilan qayta tashkil etilgan Bojxona instituti bojxona organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan oliy ta'lim hamda ilmiy-metodik muassasa etib belgilandi.
 
Institutda 2 ta - Bojxona ishi hamda Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakul'tetlari, 10 ta kafedra va 2 ta markaz tashkil etildi.
 
Institutda bojxona ishi sohasidagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda ikki bosqichli “Bojxona ishi” va “Yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta'minlash)” ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar hamda “Bojxona ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)” va “Soliq va bojxona huquqi” mutaxassisliklari bo‘yicha 1 yillik magistrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
 
Mutaxassislik fanlari salmog‘ini oshirish hisobiga amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni (3 yil nazariy ta'lim va 1 yil stajirovka) shakllantirildi.
 
Institut tuzilmasida kasbiy ko‘nikmalarga erishish samaradorligini oshirishga ko‘maklashuvchi Axborot texnologiyalari va modellashtirish markazi, Til va psixologik rivojlantirish markazi, Bojxona nazoratining texnik vositalari o‘quv laboratoriyasi kabi yangi tuzilmalar tashkil etildi hamda mavjud kafedralar optimallashtirildi.
 
Mavjud gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokini birlashtirish hisobidan o‘quv rejadagi fanlar bloklari: 5 tadan 4 taga kamaytirildi, jami fanlar soni esa 49 tadan 34 taga kamaydi.
 
Ayni vaqtda intsitutning bakalavriat bosqichida 552 nafar kursant va magistraturasi bosqichida 15 nafar tinglovchi tahsil olmoqda.
 
Institut ilmiy salohiyati 34% tashkil etib, ilmiy darajaga ega xodimlar 24 nafarni tashkil etadi. “O‘zbekiston bojxona axborotnomasi” ilmiy jurnali ta'sis etildi va 3 ta soni nashr qilindi.
 
Zamonaviy nazorat texnika vositalari va dasturiy ta'minot bilan jihozlangan “Narkotik moddalari nazorati”, “Esport nazorati” va “Rentgent uskunlari tasvirlarini tahlil qilish” o‘quv-simulasiya komplekslari yaratildi.
 
Ta'lim sifatini oshirish maqsadida xalqaro hamkorlik aloqalari kuchaytirilmoqda. 2019-yilda institut Bojxona universitetlari xalqaro tarmog‘i (INCU) a'zosi bo‘ldi, Rossiya bojxona akademiyasi bilan 5 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi.
 
Institutda “Elektron ta'lim” masofaviy o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilib, pandemiya sababli joriy etilgan karantin qoidalariga asosan institut kursantlarining o‘qitish hamda bojxona xodimlarini malakasini oshirish jarayoni mazkur tizim orqali masofaviy tarzda amalga oshirildi.
 
O‘tgan davr mobaynida institutda 1789 nafar kadrlar tayyorlandi va “leytenant” maxsus unvoni bilan bojxona xizmatiga taqsimlandi. Bugungi kunda tizimda xizmat qilayotgan kadrlarning 34%ni institut bitiruvchilari tashkil etadi.
 
Davlat bojxona xizmati xodimlarining har ikki yilda malaka oshirishi belgilanganligi bois, bu boradagi ishlarga ham jiddiy e'tibor qaratilmoqda. 2019 o‘quv yilida 917 nafar xodim o‘qitilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 661 nafar xodim o‘qitildi (shundan 381 nafari masofaviy tarzda).
 
Kelgusida esa nstitutning “Bojxona ishi” ta'lim yo‘nalishini Jahon bojxona tashkilotining PICARD professional standartlari bo‘yicha akkreditasiyadan o‘tkazish va institutni Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun bojxona sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha yetakchi o‘quv va ilmiy-metodik markaz – “xab”ga aylantirish ustida ishlar olib borilmoqda.
 
Shuningdek, institutda oliy ta'limdan keyingi ta'limni (tayanch doktorantura va doktorantura) tashkil etish, institut huzurida doktorlik dissertasiyalarni himoya qilish bo‘yicha Ilmiy kengashlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish ham istiqboldagi rejalar sirasiga kiradi.
 
Bundan tashqari bakalavriatura bosqichi “Bojxona ishi” ta'lim yo‘nalishi doirasida sohaviy ixtisoslashuvni chuqurlashtirish – bojxonada axborot texnologiyalari, bojxonada xavfni boshqarish tizimi, bojxona ma'murchiligi, bojxona auditi, bojxona logistikasi, iqtisodiy xavfsizlik yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalasi ham o‘rganib chiqilmoqda.
 
Davra suhbatida mazkur mavzu yuzasidan savollarga atroflicha javoblar berildi, bildirilgan taklif va mulohazalar yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

Поделиться