O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Harakat tezligini oʻlchash vositalarini qiyoslovchi laboratoriya faoliyat boshladi

25.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

“Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida “Avtotransport vositalarini harakat tezligini oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” laboratoriyasi foydalanishga topshirildi.

KOSTAT vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil qilindi

25.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Joriy yilning 24- noyabr kuni Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari Ziyadullayev Maxmudjon Djurakulovichning Koreya Respublikasining statistika tashkiloti Komissiоneri janob Shin-Wook Kang boshchiligidagi KOSTAT vakillari bilan onlayn tarzda uchrashuvi tashkil etildi.

Xizmatlar sohasini rivojlantirish kelgusi yilgi ustuvor yo‘nalish etib belgilandi

24.11.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida hududlarda xizmatlar va servis sohasini rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Jahon Banki va Osiyo Infratuzilma Investisiyalari Banki (OIIB) moliyaviy ko‘magi bilan “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha ma'lumot

24.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi 2020-2024 yillarda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Loyihada O‘zbekistonning Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining 300 dan ortiq qishloqlari ishtirok etib, mazkur aholi punktlarida asosiy ijtimoiy infratuzilma sifatini yaxshilash uchun mablag‘ olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Hokimlarning tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hisobotlari tinglanmoqda

24.11.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Kun tartibiga ikkita masala – hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi hamda xizmatlar sohasini rivojlantirishga doir kelgusi vazifalar muhokamasi kiritilgan.

Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha yangi choralar belgilandi

24.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

2020-yil 20-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma'muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 736-son qarori qabul qilindi.

Xorazm viloyatini jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda

23.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 21-22 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligidagi Hukumat komissiyasi a'zolari vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarini jalb qilgan va joylarga chiqqan holda Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy holatini o‘rganish va uning jadal o‘sishini rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning monitoringini olib bordilar.

O‘zbekiston va Afg‘oniston ta'lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzoladi

23.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 20-noyabr kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumati delegatsiyasining Toshkentga tashrifi chog‘ida Afg‘oniston Islom Respublikasi Oliy ta'lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi o‘rtasida afg‘on talabalarini O‘zbekistonga ta'lim olish uchun yuborish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv Memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kun raqami: O‘zbekiston 42,9 million dollarlik mosh eksport qildi

20.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida 42 mln. 932 ming AQSh dollari qiymatidagi 48 422 tonnadan ortiq mosh eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha keyingi qadamlar ko‘rib chiqildi

20.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 19-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi A.Novikov bilan telekonferensaloqa orqali muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev: Sanoatda zamonaviy milliy kadrlarning yangi avlodi yetishib chiqyapti

20.11.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Bunyodkorlik loyihalari taqdimot qilindi

19.11.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni qurilish sohasiga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Xalqaro valyuta jamg’armasi tomonidan O’zbekiston Respublikasida davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini o’rganish to’g’risida ma'lumot

19.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O’zbekiston Respublikasi hukumati va Xalqaro Valyuta Jamg’armasi (XVJ) o’rtasida 2020-yil fevral oyida erishilgan kelishuvlar doirasida O’zbekiston Respublikasida davlat investitsiyalarini boshqarish bo’yicha amaldagi tartibni baholash va keyinchalik davlat investitsiyalarini nazorat qilishning samarali tizimini (Public Investment Management Assessment – PIMA) yaratish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish belgilangan jadvalga muvofiq, 2020-yilning 2-22-sentabridan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi tomonidan XVF missiyasining tegishli vazirlik va idoralar bilan video-konferensiya formatida O’zbekiston Respublikasida davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini baholash bo’yicha uchrashuvi tashkil etildi.

«E-TIR» loyihasi sinov tarzida ishga tushirildi

19.11.2020TexnologiyalarManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

“Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida respublikamiz bojxona organlarida ham sohani raqamlashtirish, ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni keng tadbiq etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti tomonidan Halol taʼminot zanjiri tizimi boʻyicha yangi qabul qilindi

17.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Halol taʼminot zanjiri tizimidagi Halol mahsulstandartlariotlarni tashish, saqlash hamda ularni chakana sotishga boʻlgan talablarni belgilovchi

Geologiya sohasidagi ishlarning borishi ko‘rib chiqildi

16.11.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasini modernizatsiya qilish, investitsiyalar jalb etish hamda geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

O‘zbekistondagi investitsiya faoliyati sohasidagi joriy vazifalar muhokama qilindi

15.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 14-noyabr kuni Qarshi shahridagi studiyadan videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi a'zolari, vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarini jalb etgan holda mamlakatda investitsiya va eksport faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Qashqadaryo viloyatini jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha birinchi darajali chora-tadbirlar belgilab olindi

15.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 14-noyabr kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida berilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishiga qaratilgan birinchi darajali chora-tadbirlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.