O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Xitoyda bo‘lib o‘tadigan SHHT-2020 Xalqaro savdo va investitsiyalar yarmarkasida ishtirok etadi
2020-10-11 | ShHT
TOSHKENT, 10-oktabr. / “Dunyo” AA /. Joriy yil 16-18-oktyabr kunlari Xitoyning Sindao shahrida (Shandun viloyati) bo‘lib o‘tadigan Shanxay Hamkorlik Tashkilotining (SHHT) Xalqaro savdo va investitsiyalar yarmarkasida O‘zbkiston ham ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya departamentining maʼlumotiga ko‘ra, yarmarkada O‘zbekiston salohiyati alohida milliy pavilyonda namoyish etiladi.
“Sinxua” axborot agentligi ushbu tadbirda 28 mamlakat, shu jumladan SHHTga aʼzo, kuzatuvchi va hamkor 18 davlat diplomatik vakolatxonalari ishtirok etishi kutilmoqda. Ko‘rgazmada 600 dan ortiq kompaniya o‘z mahsulotlari va xizmatlarini namoyish etadi. Ulardan 300 ga yaqini tadbirning oflayn qismida, 350 tasi esa onlayn rejimda qatnashadi.
«Yarmarka moliya, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va turizm, shuningdek, yengil sanoat sohasidagi tovar va xizmatlarga bag‘ishlanadi, — deb yozadi “Sinxua”. - Uning doirasida Xitoy va SHHT mamlakatlari o‘rtasidagi Singdao hamkorlik markazi ham ish boshlaydi».
Manba: “Dunyo” axborot agentligi