Jahon banki bilan “Transport sohasida davlat ulushi mavjud korxonalarni xususiy sherikchilik asosida rivojlantirish” yuzasidan hamkorlik
Jahon banki vakillari bilan tashkil etilgan vebinarda, iqtisodiyotda davlat xususiy sherikchilikning mohiyati, xorijiy mamlakatlardagi mavjud davlat xususiy sherikchilik korxonalari, yurtimizdagi bu boradagi holat to‘g‘risidagi ma'lumotlar aytib o‘tildi.
O‘z navbatida, davlat xususiy sherikchilik loyihalarida Agentlik o‘rni, mamlakatimizdagi transport, yo‘l qurilish va aviasiya sohasidagi islohotlar hamda mazkur sohadagi korxonalar negizida rejalashtirilayotgan davlat xususiy sherikchilik loyihalari to‘g‘risida axborot berildi.
Mazkur vebinar davomida qiziqarli ma'lumotlar taqdim etildi. Kun tartibi bo‘yicha tomonlar savol-javoblar ko‘rinishida o‘zaro muloqot olib bordilar. Vebinar so‘ngida, ikki tomonlama hamkorlikni yuqori darajada davom ettirishga kelishib olindi.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi