O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari DFC Bosh ijrochi direktori bilan transport-logistika sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qildi

2020-10-12 | Iqtisodiyot

TOShKENT, 12-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov 9-oktabr kuni AQSh Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasining (DFC) bosh ijrochi direktori A.Boler bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, suhbat davomida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash nuqtai nazaridan hamkorlikning joriy masalalari muhokama qilindi. Transport-logistika sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonda qo‘shma Investitsiyaviy jamg‘armasini tashkil qilish bilan bog‘liq masalalar va uning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarga to‘xtalib o‘tildi.

Amerika tomoni O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni ilgari surish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni, shu jumladan, xususiy sektorni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ustuvor infratuzilmaviy loyihalar va tashabbuslarni birgalikda moliyalashtirish yo‘li bilan amalga oshirishga sodiqligini tasdiqladi.

Shuningdek, Markaziy Osiyoni ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy rivojlantirishga, mintaqa mamlakatlari va Afg‘onistonning o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirishga qaratilgan izchil va natijador hamkorlikka qiziqish mavjudligi ta’kidlandi.

Muzokara yakunlariga ko‘ra, tomonlar kelishilgan tadbirlar va loyihalarni tezkor ravishda amalga oshirishga qaratilgan yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться