O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Milliy bankning ilk yevroobligatsiyalari xalqaro kapital bozorida joylashtirildi
2020-10-15 | Iqtisodiyot
TOShKENT, 15-oktabr. /«Dunyo» AA/. «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ tomonidan London fond birjasida 5 yillik 300 million dollarga teng yevroobligatsiyalar muomalaga chiqarildi, deb xabar bermolqda «Dunyo» AA muxbiri.
Moliya vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, yevroobligatsiyalarning ilk emissiyasi O‘zbekiston Milliy banki tomonidan «Citibank» (AQSh), «Natixis» (Fransiya), «SMBC Nikko» (Yaponiya) va «Gazprombank» (Rossiya) kabi xalqaro miqyosda tan olingan anderrayting banklari bilan birgalikda amalga oshirildi.
Joriy yil 12-13-oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan roud-shou tadbiri doirasida AQSh, Yevropa, Rossiya va Osiyo mamlakatlarining 70 dan ortiq global xalqaro investori ishtirokida global audiokonferensiyada (Global Investor Call) yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Manba: “Dunyo” axborot agentligi