O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda foydali qazilma uchastkalari «E-ijro auksion» onlayn-auksionga joylashtirildi

2020-10-16 | Texnologiyalar

TOShKENT, 16-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekistonda ilk bor onlayn-auksion orqali sotib olish mumkin bo‘lgan foydali qazilmalar mavjud uchastkalar haqidagi ma’lumotlar «E-ijro auksion» saytiga joylashtirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Davlat geologiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi «Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 34 ta strategik turdagi foydali qazilma uchastkasi onlayn-auksionga joylashtirildi.

Endilikda xorijiy va mahalliy investorlar, internet foydalanuvchilari «E-ijro auksion» platformasi orqali masofadan turib O‘zbekiston hududidagi foydali qazilmalar mavjud konlar va istiqbolli maydonlar joylashuvini ko‘rishi, yer maydoni haqidagi birlamchi ma’lumotlar bilan tanishishi, ushbu konlarni va istiqbolli maydonlardan foydalanish huquqini auksionda qatnashuv orqali qo‘lga kiritishi mumkin.

Tadbirkorlik sub’ektlariga yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish onlayn-auksion savdolari asosida amalga oshiriladi.

Talabgorlar «E-ijro auksion» elektron savdo maydonchasida elektron auksionda ishtirok etish uchun www.e-auksion.uz sayti orqali elektron shaklda arizalarni o‘rnatilgan tartibda topshirishi hamda ushbu arizada qayd etilgan lot raqami va nomi bo‘yicha elektron auksion savdolarida ishtirok etishi uchun sharoit yaratilgan.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться