O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘zbekiston-Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 21-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

2020-10-08 | Iqtisodiyot

TOShKENT, 8 oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov raisligida Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 21-yig‘ilishiga o‘z vaqtida va sifatli tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Hukumatlararo komissiyaning hamraislari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov hisoblanadi.

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, yig‘ilish davomida vazirliklar va tegishli idoralar rahbarlarining Rossiya Federatsiyasi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat hamkorligining hozirgi holati, shuningdek, yaqinda bo‘ladigan yig‘ilishga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida hisobоtlari tinglandi.

O‘zbekiston tomonidan Hukumatlararo komissiyaning 9 ta kichik komissiyasi rahbarlari savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat va mintaqalararo hamkorlik qilish, bank-moliya, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, fan, ta’lim va madaniyat sohalarida birgalikda faoliyat yuritish yo‘nalishlarida HKning 20-yig‘ilishi bayonnomasi bilan qabul qilingan qarorlarni bajarish bo‘yicha olib borilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Yig‘ilish davomida ishtirokchilar e’tibori ishlab chiqilayotgan qo‘shma loyihalar va tashabbuslar doirasida Rossiya bilan o‘zaro hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligiga qaratildi.

Shuningdek, respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining mas’ul rahbarlariga Rossiya Federatsiyasi hukumat delegatsiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi davomida rossiyalik sheriklar bilan muhokama qilish uchun hamkorlik qilishning yangi imkoniyatlarini har tomonlama o‘rganish va aniq loyihaviy takliflarni ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться