O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Toshkent metallurgiya zavodi ishga tushirildi

04.12.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Qozonda “Made in Uzbekistan” “roud-shou”ning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi

04.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 1-2 dekabr kunlari Qozon shahrida o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning biznes missiyasi – “Made in Uzbekistan” roud-shouning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan oʻzaro hamkorlik sohalarini yanada kengaytirish yuzasidan onlayn uchrashuv

04.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 3-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri va Oʻzbekistondagi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) rahbari Miyazaki Suguru va Hiroki Katayama oʻrtasida hamkorlik loyihalarini koʻlamini kengaytirish boʻyicha onlayn suhbat boʻlib oʻtdi.

BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘psherikli trast jamg‘armasi Maslahat qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

02.12.2020EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 1-dekabr kuni BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha Ko‘psherikli trast jamg‘armasi (IXKShTJ) Maslahat qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.

Yevropa komissiyasi O‘zbekistonga “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimi benefitsiari maqomini berish to‘g‘risida muddatidan oldin qaror qabul qildi

01.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 30-noyabr kuni Yevropa komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimi plyus benefitsiar - mamlakati maqomini olish uchun yuborilgan ariza bo‘yicha muddatidan oldin ijobiy qaror qabul qildi.

O‘zbekiston – Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashi majlisi

01.12.2020IqtisodiyotManba: O'zA

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston – Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashining birinchi majlisi videokonferensaloqa shaklida tashkil etildi.

Hududlarda jamoat transportini rivojlantirish choralari belgilandi

30.11.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-noyabr kuni hududlarda jamoat transportini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Moliyaviy hisobоtning xalqaro standartlari hujjatlari matnini davlat tiliga tarjima qilish yo‘lida ilk qadam qo‘yildi

30.11.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida Moliyaviy hisobоtning xalqaro standartlari (MHXS)ni joriy qilish maqsadida Moliya vazirligi tomonidan MHXS hujjatlari matnida qo‘llanilgan terminlar davlat tiliga tarjima qilindi va ekspertlardan iborat ko‘rib chiqish komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi. 

Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni rag‘batlantirishning yangi mexanizmlari

30.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 27-29 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida eksport va investitsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Hukumat komissiyasi a'zolari vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarini jalb etgan holda joylarga chiqib Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy holatini o‘rganish va uning jadal o‘sishini rag‘batlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning monitoringini olib bordi.

Investitsiya va tashqi savdo faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab olindi

29.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
28-noyabr kuni Urganch shahridagi studiyadan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi a'zolari, vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari jalb etilgan holda investitsiya va eksportning dolzarb masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Sirdaryoda agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishdagi muhim masalalar belgilab olindi

28.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Joriy yilning 24-27 noyabr kunlari Qishloq xo‘jaligi vaziri J.Xodjayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazirlik, idora, tarmoq tashkilotlar, tijorat banklari rahbarlarini jalb etgan holda Prezidentning sohaga doir bergan topshiriqlari ijrosini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishiga qaratilgan masalalarni hal etish yuzasidan Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumat rahbarlarining o‘rinbosarlari ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi va sanoat kooperatsiyasi sohasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi

28.11.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov kecha  Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Roman Sklyar bilan ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida

27.11.2020HujjatlarManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Investitsiya loyihalarining bajarilishi tanqidiy muhokama qilindi

27.11.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev elektrotexnika va farmatsevtika sohalarida investitsiya loyihalarini jadallashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Diqqat! Davlat bojxona qo‘mitasida ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi!

26.11.2020JamiyatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan yurtimizda ilk marta keng ko‘lamli “Antikorrupsiya haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Respublikada barcha uchun qulay jamoat transporti tizimi yaratiladi

26.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Yo‘lovchilar uchun qulay, xavfsiz, tezkor va ishonchli bo‘lgan jamoat transporti xizmatini tashkil etish barcha megapolis shaharlardagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.

Neft-gaz kimyosi sohasidagi istiqbolli loyihalar taqdimoti o‘tkazildi

25.11.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-noyabr kuni neft-gaz kimyo sanoatidagi istiqbolli loyihalar holatiga oid taqdimot bilan tanishdi.

Oʼzbekiston COVID-19 oqibatlarini bartaraf etish va koviddan keyingi davrda bilimlar bilan almashish boʼyicha Konferentsiyada ishtirok etdi

25.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 24-noyabr kuni videokonferentsaloqa shaklida Koreya Respublikasi “Knowledge Sharing Program” (KSP) bilimlar bilan almashish dasturi doirasida COVID-19 oqibatlarini bartaraf etish va koviddan keyingi davrda bilimlar bilan almashish boʼyicha Konferensiya boʼlib oʼtdi.

Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

25.11.2020HujjatlarManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Biznes-netvorking - Oʼzbekiston-Italiya savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish vositasi sifatida

25.11.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 11-dekabr kuni videokonferensiya shaklida “Italiya – Oʼzbekiston” biznes-forumi boʼlib oʼtadi.