O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Afg‘oniston ta'lim sohasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzoladi

2020-11-23 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 20-noyabr kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumati delegatsiyasining Toshkentga tashrifi chog‘ida Afg‘oniston Islom Respublikasi Oliy ta'lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi o‘rtasida afg‘on talabalarini O‘zbekistonga ta'lim olish uchun yuborish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv Memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov va Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Muhammad Shokir Korgar ishtirok etdi.
 
Imzolangan Memorandumda har ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik qilish, jumladan, o‘quv materiallari bilan almashish, ta'lim tadbirlarida har ikki mamlakat mutaxassislarining o‘zaro ishtirokini ta'minlash, ilmiy-tadqiqot ishlarida o‘zaro hamkorlik qilish va ilmiy jurnallarda nashr va maqolalarni birgalikda tayyorlash shartlari va tartibi belgilandi.
 
Eslatib o‘tamiz, ta'lim sohasida hamkorlik qilish va ikki mamlakat oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegasiyasining Afg‘oniston Islom Respublikasiga shu yilning oktabr oyida amalga oshirilgan tashrifi chog‘ida erishildi.
 
Ta'lim sohasidagi hamkorlikning bugungi holati haqida gapirganda shuni ta'kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta'lim markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Surxondaryo viloyati Termiz tumanida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazi faoliyat yuritmoqda. 2018-2019 o‘quv yili davomida Markazda 96 nafar talaba “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olib, barchasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti Universitetining bakalavri darajasiga ega bo‘lishdi.
 
Hozirgi kunda markazda 172 nafar, jumladan, “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi bo‘yicha 119 nafar, “Er usti transport tizimlari va ularning ekspluatasiyasi” yo‘nalishi bo‘yicha 35 nafar, “Akusherlik, ginekologiya va hamshiralik ishi” yo‘nalishi bo‘yicha 18 nafar talaba tahsil olmoqda.
 
Bundan tashqari, shu yilning dekabr oyida Afg‘onistondan 10 nafar talabaning Yevropa Ittifoqi ko‘magi va moliyalashtirilishi asosida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida tahsil olish uchun kelishi rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться