O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistondagi investitsiya faoliyati sohasidagi joriy vazifalar muhokama qilindi

2020-11-15 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 14-noyabr kuni Qarshi shahridagi studiyadan videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi a'zolari, vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarini jalb etgan holda mamlakatda investitsiya va eksport faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Muhokama chog‘ida tarmoqlar va mintaqalarda joriy yilning 9 oy yakunlari bo‘yicha investitsiyaviy faoliyatining ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi, asosiy tendensiyalar o‘rganildi va investitsiyalarni o‘zlashtirish dinamikasiga va investitsiya loyihalarini amalga oshirish sur'atlariga ta'sir qiluvchi asosiy omillar aniqlandi.
 
Ko‘rib chiqilayotgan davrda, pandemiya keltirib chiqargan salbiy omillarga qaramay, investitsiya faolligining global pasayishi fonida, O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash hamda tadbirkorlar va investitsiya loyihalari tashabbuskorlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar tufayli xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish qismida ijobiy dinamikaga erishilganligi ijobiy holat sifatida ta'kidlandi - 9 oy yakunlariga ko‘ra ularning hajmi 4,9 mln dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 101%ni tashkil etadi.
 
Bunda, tegishli tashkilotlar rahbarlarining e'tibori investitsiya muhiti va ishbilarmonlik faolligiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan tizimli muammolarga qaratildi hamda tadbirkorlar va investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish orqali ularni tezkor ravishda hal qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Ishbilarmonlar bilan muloqot qilish yuzaga kelayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish mexanizmini yaratishga imkon beradi.
 
Umumiy qiymati 12,4 mlrd dollar bo‘lgan 371ta yirik sanoat loyihalarini amalga oshirilishining hozirgi holati o‘rganildi, ularning ishga tushirilishi va foydalanishga topshirilishi joriy yil oxirigacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, natijada jami 60 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratilishiga imkon paydo bo‘ladi.
 
Hududlarni iqtisodiy rivojlantirish uchun ushbu loyihalarning ustuvorligini hisobga olgan holda, ularni amalga oshirishni tezlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar hamda mas'ul ijrochilar va muddatlar belgilab olindi. Xususan, tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlari va xodimlarini loyihalarga biriktirishni tashkil etish topshirildi. Ularning vazifalari sifatida amalga oshirilayotgan loyihalarni inventarizasiya qilish, mavjud masalalarni hal etish va istiqbolli loyihalarga qo‘shimcha xorijiy investitsiyalani jalb qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish belgilandi.
 
Mintaqaviy investitsiya dasturlarini shakllantirish va Respublika tuman va shaharlarining investitsiyaviy faoliyatini kuchaytirish jarayonining tahlili o‘tkazildi. Loyihalarni ishlab chiqishda va kelishishda sanoat ishlab chiqarishining jadal o‘sishi, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish hisobiga maksimal iqtisodiy samaraga erishish maqsadida eng istiqbolli tarmoqlarni – har bir tuman (shahar) “o‘sish nuqtalariga” ustuvorlik berish zarurligi ta'kidlandi. Sanoatning u yoki bu yo‘nalishlarining ustuvorligi ko‘rib chiqilayotgan tuman yoki shaharning iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlarini, shuningdek, ichki va tashqi bozorda ushbu mahsulotga bo‘lgan talabni chuqur tahlil qilish asosida aniqlanishi lozim.
 
Shu munosabat bilan, amalga oshirilishi rejalashtirilgan investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini har tomonlama o‘rganish, shuningdek, sanoat ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga e'tibor qaratgan holda yangi investisiyaviy takliflarni ishlab chiqish hisobiga mavjud hududiy investitsiya dasturlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida topshiriq berildi.
 
Shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari alohida tartibda tinglandi, unda investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning joriy natijalari, mavjud muammolar, shuningdek, ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar va takliflar taqdim etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться