O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha keyingi qadamlar ko‘rib chiqildi

2020-11-20 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 19-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi A.Novikov bilan telekonferensaloqa orqali muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikning keng doiradagi masalalari muhokama qilindi va hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
 
Sanoat kooperatsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni kelishish yuzasidan ishlarni tezkor ravishda nihoyasiga yetkazishga sodiqlik, shuningdek, kelishilgan tashabbuslarni amalga oshirishga o‘zaro tayyorlik bildirildi.
 
Suhbat davomida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash va birgalikda eksport qilish sohasida, to‘qimachilik mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va qurilish materiallarini ishlab chiqarishda investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlar ko‘rib chiqildi.
 
Shuningdek, kun tartibi doirasida o‘zaro savdo ko‘rsatkichlarining yuqori dinamikasini saqlab qolish, xususan, ikki mamlakatning chegaraoldi hududlarida savdo-logistika markazlarini yaratish va savdo to‘siqlarini bartaraf etish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni ko‘rish maqsadida amaliy hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
 
Bundan tashqari, transport va logistika sohasidagi hamkorlikning istiqbollari, ya'ni ikki mamlakat hududlari orqali yuklarni kombinasiyalashgan holda tashishni tashkil etish va mavjud avtotransport yo‘laklaridan maksimal darajada samarali foydalanish maqsadida yo‘l infratuzilmasini modernizasiya qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etishning istiqbolli chora-tadbirlari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston va Qirg‘izistonning transport sohasida o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha istiqbolli takliflarni ishlab chiqish maqsadida ikki mamlakat transport vazirliklari rahbarlari darajasida ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
 
Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralarini jalb qilgan holda videokonferensaloqa orqali muntazam ravishda kengaytirilgan muzokaralarni olib borish mexanizmini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ushbu shaklda birinchi muzokaralarni joriy yil dekabr' oyining boshida o‘tkazish rejalashtirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться