O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Harakat tezligini oʻlchash vositalarini qiyoslovchi laboratoriya faoliyat boshladi
2020-11-25 | Iqtisodiyot
“Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston milliy metrologiya institutida “Avtotransport vositalarini harakat tezligini oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash” laboratoriyasi foydalanishga topshirildi.
Mazkur labarotoriya Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti hamda Germaniya Federativ Respublikasining “Atlas International” kompaniyasi bilan imzolangan shartnoma asosida foto-video fiksatsiya tizimi texnikasi va uskunalarini oʻlchash boʻyicha laboratoriyani tashkil etish maqsadida 2018-2019-yillar davomida “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida investitsiyaviy loyihaga kiritilgan edi.
Manba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi