O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida 42 mln. 932 ming AQSh dollari qiymatidagi 48 422 tonnadan ortiq mosh eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.
Mazkur yilda 2019-yilning aynan shu davriga nisbatan yurtimizdan 14 823 tonna ko‘p mosh ekport qilingan bo‘lib 44 foizga o‘sishga erishildi.
Eksport qilingan mosh natijasida yurtimizga valyuta tushumlari esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,8 million dollarga ko‘payib, 78 foiz o‘sishga erishildi.
Davlat bojxona qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, moshning 46 foizi Xitoyga, 32 foizi Pokistonga va 8 foizi Afg‘onistonga eksport qilingan.
Shuningdek, joriy yilda moshning eksporti Niderlandiyaga 18 barobarga, Germaniyaga 14 barobarga va Tojikistonga 11 barobarga ortgan.
Joriy yildan ilk bora yurtimizdan Belgiya, Qatar, Tayvan, Ozarbayjon, Avstraliya va Koreyaga mosh eksporti yo‘lga qo‘yildi.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Dаvlаt bоjхоnа qo‘mitаsi