O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro valyuta jamg’armasi tomonidan O’zbekiston Respublikasida davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini o’rganish to’g’risida ma'lumot
2020-11-19 | Iqtisodiyot
O’zbekiston Respublikasi hukumati va Xalqaro Valyuta Jamg’armasi (XVJ) o’rtasida 2020-yil fevral oyida erishilgan kelishuvlar doirasida O’zbekiston Respublikasida davlat investitsiyalarini boshqarish bo’yicha amaldagi tartibni baholash va keyinchalik davlat investitsiyalarini nazorat qilishning samarali tizimini (Public Investment Management Assessment – PIMA) yaratish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish belgilangan jadvalga muvofiq, 2020-yilning 2-22-sentabridan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi tomonidan XVF missiyasining tegishli vazirlik va idoralar bilan video-konferensiya formatida O’zbekiston Respublikasida davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini baholash bo’yicha uchrashuvi tashkil etildi.
Shu bilan birga, XVJ mutaxassislari tomonidan ilgarigi XVJning O’zbekistondagi vakolatxonasi orqali XVJ mutaxassislariga Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi tomonidan taqdim etilgan to’ldirish uchun savollar va jadvallar yuborildi.
XVJ missiyasi 7 mutaxassisdan iborat:
Amanda Sayyeg – Missiya rahbari, XVJ moliya departamentining davlat moliyasini boshqarish bo’limi katta iqtisodchisi;
Chishiro Matsumoto – XVJ moliya departamenti maslahatchisi;
Jonathan Seyvold – Davlat moliyasi va byudjeti bo’yicha katta mutaxassis, Avstraliya parlamentining byudjet idorasi;
Villi Renier Dyu Priz – Xalqaro Valyuta Jamg’armasining davlat moliyasini boshqarish bo’yicha mutaxassisi;
Di Xay – Yevropa auditorlar kengashi auditori;
Jon Zorab – XVJ Moliya boshqarmasi davlat moliyasini boshqarish bo’yicha mintaqaviy maslahatchi;
Nurber Kurmanaliyev – xaridlar bo’yicha katta mutaxassis, Jahon banki.
Video-konferensiya formatidagi asosiy uchrashuvlar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda O’zbekiston Taraqqiyot va tiklanish jamg’armasi (TTJ) bilan bo’lib o’tdi va ular bilan davlat investitsiyalari va ularni boshqarish masalalari muhokama qilindi, xususan:
a) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi bilan bog’liq:
- Milliy va tarmoqlar kesimida rejalashtirish;
- Loyihalarni baholash va mavjud metodologiya;
- Texnik ehtiyojlarni baholash metodologiyasi va mavjud aktivlarni sezilarli darajada yaxshilash va ularning budjet mablag’larini aniqlash;
- Loyihalarni tanlash mezonlari;
- Iqtisodiy taraqqiyot vazirligining loyihalarni baholashni ko’rib chiqishdagi roli;
- Loyihalarni amalga oshirish va ularni nazorat qilishda Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi roli;
- Amalga oshirilgan loyihalarni monitoring qilish;
- Loyihalarni tartibga solishning amaldagi tartibi;
- Yangi loyihalar bo’yicha joriy kapital loyihalarni yakunlashning ustuvor yo’nalishlari va boshqalar.
b) Moliya vazirligi bilan bog’liq:
- Kapital xarajatlarni budjet bilan qoplash;
- Joriy va kapital budjetlarini tayyorlash;
- Yillik budjet to’g’risidagi qonun va mablag’lar ajratish tuzilmasida kapital budjetini hisobga olish;
- Maksimal qarz darajasi va moliyaviy qoidalar;
- Mahalliy hokimiyat organlarining kapital transferlari qoidalari;
- Kapital budjetlarining ko’p yillik prognozlari;
- Pul mablag’larini prognozlash va kapital loyihalarni moliyalashtirish;
- Donorlar tomonidan moliyalashtiriladigan kapital loyihalarni integratsiyalash;
- Davlat-xususiy sheriklik bo’yicha normativ-huquqiy baza, DXSh loyihalarini tayyorlash, tanlash va boshqarish;
- DXShni rejalashtirish va rivojlantirishning umumiy masalalari;
- Mahalliy darajada kapital loyihalarni va DXShlarni rejalashtirish va boshqarish va mahalliy hokimiyat organlari bilan kapital budjetni rejalashtirishni muvofiqlashtirish;
- Moliya vazirligining milliy va sanoatni rejalashtirishdagi roli;
- Texnik ehtiyojlarni baholash metodologiyasi va mavjud aktivlarni sezilarli darajada yaxshilash va ularning budjet mablag’larini aniqlash;
- Davlat xaridlari;
- Iqtisodiy infratuzilma bozorlarida raqobat uchun normativ-huquqiy baza;
- Yillik ijro hisoboti va rejalashtirilgan moliyaviy hisobotlarda moliyaviy bo’lmagan aktivlarni hisobga olish;
- Asosiy vositalarning amortizatsiyasini hisobga olish va boshqalar.
d) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan bog’liq:
- Tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan kapital loyihalarni tayyorlash va tanlashda rollar;
- XVJ mablag’lari va mavjud metodologiya orqali loyihalarni baholash;
- Tashqi moliyalashtirish bilan loyihalarni baholashni tekshirishda ITSVning roli;
- ITSVning loyihalarni amalga oshirish va ularni nazorat qilishdagi roli;
- Tugallangan loyihalarning post-investitsiyaviy monitoringi.
e) O’zbekiston Taraqqiyot va tiklanish jamg’armasi bilan bog’liq:
- Kapital loyihalarni moliyalashtirishda Jamg’armaning roli;
- Jamg’arma mablag’larini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan loyihalarni tanlashga yondashuvlar;
- Loyihalarni amalga oshirishni monitoring qilishda Jamg’armaning roli.
Shuningdek, tarmoq vazirliklari va idoralari, xususan, Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi, “O'zbekiston temir yo’llari” AJ va “O’zavtoyo’l” AJ bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Xalqaro Valyuta Jamg’armasi missiyasi tomonidan o’tkazilgan uchrashuvlar natijasida respublikada mavjud davlat investitsiyalarini boshqarish tizimining zaif tomonlarini va yetakchi xorijiy mamlakatlarning eng yaxshi tajribasini hisobga olgan holda ushbu tizim ishini yaxshilash bo’yicha tavsiyalarni aks ettiruvchi “O’zbekiston Davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash” dastlabki hisoboti tayyorlandi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi