O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyati sohalarida 2020-yilning dastlabki natijalari va 2021-yilga mo‘ljallangan vazifalar muhokama qilindi

28.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov rahbarligida hamda vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari, tijorat banklari, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan videokonferensiyada 2020-yilda investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyatining natijalari muhokama etildi hamda 2021-yilga investitsiyalarni jalb etish va eksportni oshirish borasida strategik maqsadlar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini sinash laboratoriyalari modernizapsiya qilinmoqda

25.12.2020TexnologiyalarManba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

“Oʻzstandart” agentligi tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining sinov laboratoriyalari Jahon bankining 11,6 mln.doll. miqdoridagi imtiyozli krediti hisobiga modernizatsiya qilish va zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash uchun tender eʼlon qilinib, Germaniyaning “LMS Consult GMBH & CO. KG” kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan farmatsevtika sohasida hamkorlik aloqalari bo‘yicha umumiy ma'lumotlar

25.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2019-2020 yillarda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Ozarbayjon Respublikalari bilan farmatsevtika mahsulotlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni yengillashtirish, tezlashtirishga doir Hukumatlararo kelishuv loyihalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu davlatlar bilan hozirgi kunda tartibga soluvchi organlariga mazkur bitimni imzolash taklifini ko‘rib chiqish haqida murojaatlar yo‘llandi va hozirda ikkala tomonlama tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Italiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi yangi tayinlangan elchisi A. Pinna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

25.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Shu yilning 24-dekabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Italiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi yangi tayinlangan elchisi A.Pinna bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yig`ma-axborot ishlari hamda statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya sohasida xodimlar malakasi oshirilmoqda

24.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

2020- yil 1-iyun kuni Prezidentimiz boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlarmasalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Tashqi savdo yuklarini bojxona nazorati ostida tashish tartibi soddalashtiriladi

24.12.2020IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hududida tashqi savdo yuklarini bojxona nazorati ostida tashishni soddalashtirish, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Amirliklarning “Masdar” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida ilk quyosh elektr stansiyasini qurish uchun kredit bitimlarini imzoladi

24.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Navoiy viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida qiymati 100 mln dollardan ortiq kredit bitimini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo sohasiga doir vazifalar belgilandi

23.12.2020SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-dekabr kuni investitsiyalar va tashqi savdo sohasidagi ishlar natijadorligi hamda 2021-yilga mo‘ljallangan asosiy vazifalar muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Janubiy Koreyalik ekspertlar bilan uchrashuv

23.12.2020IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi “KOPIA” markazi direktori Sun Xoy Choy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Kiberxavfsizlik markazi tomonidan Axborot-hisoblash markazi xodimlari uchun onlayn seminar bo‘lib o‘tdi

23.12.2020Xavfsizlik sohasiManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish belgilangan.

Davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini baholash mezonlari ishlab chiqildi

23.12.2020IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Osiyo taraqqiyot banki va xorijiy ekspertlar (OTB) bilan hamkorlikda ilg‘or xorij tajribasiga asoslangan korporativ boshqaruv tizimini baholash mezonlarini ishlab chiqdi. 

O'zbekiston Respublikasi va YuNIDO Qo'shma Deklaratsiyani imzoladilar

22.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Toshkent, 2020-yil 22-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov va Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanoatni rivojlantirish tashkiloti (YuNIDO) Bosh Direktori Li Yong to’rt yillik (2020-2024 yy.) dastlabki muddatga hamkorlik Qo'shma Deklaratsiyasini imzoladilar.

Paxtachilikda yer resurslarini boshqarish masalalari o‘rganildi

21.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan “Paxtachilik sanoatini barqaror rivojlantirish va qo‘shimcha qiymatni oshirish" global loyihasi doirasida Samarqand shahrida yer resurslarini boshqarish, tuproqni tahlil qilish va paxta yetishtirishda almashlab ekish mavzulari bo‘yicha amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Iste’mol narxlari statistikasini takomillashtirish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi

21.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Joriy yilning 9–18- dekabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi statistika departamenti bosh iqtisodchisi Brayan Graf tomonidan iste’mol narxlari statistikasini takomillashtirish, texnik ko‘mak hamda uslubiy maslahat ko‘rsatish bo‘yicha onlayn ravishda tadbir tashkil etildi.

Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda 509,2 mln dollarlik loyihalarni moliyalashtirishni ma'qulladi

21.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

2020-yilning 19-dekabr kuni Islom taraqqiyot banki (ITB) direktorlar Kengashi O‘zbekistonda umumiy qiymati 509,2 mln dollarga teng bo‘lgan ikkita yirik va iqtisodiy jihatdan ahamiyatli loyihani moliyalashtirishni ma'qulladi.

Xorazm viloyatini jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

20.12.2020IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 17-dekabr kuni Urganch shahridagi studiyadan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S. Umurzakov rahbarligida vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, mahalliy hokimliklar rahbarlarini jalb qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 12 va 13 dekabr kunlari Xorazm viloyatiga amalga oshirilgan tashrif chog‘ida hududni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalarining ijrosini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.