O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Janubiy Koreyalik ekspertlar bilan uchrashuv

2020-12-23 | Iqtisodiyot

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi “KOPIA” markazi direktori Sun Xoy Choy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Unda qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov, raisning birinchi o‘rinbosari Shuhrat Djabbarov, “O‘zbekchorvanasl” agentligi direktori Bahtiyor Atamurodov va qo‘mita mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.
 
Uchrashuv davomida “KOPIA” markazining mamlakatimizda chorva mollari uchun yuqori hosildor ozuqabop ekinlar yetishtirishda Koreya texnologiyasi, bu borada olib borilayotgan hamkorlik jarayonlariga to‘xtalib o‘tildi.
 
Qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov ushbu hamkorlik istiqbollari xususida so‘zlarkan, markazning samarali faoliyatidagi yutuqlari, chorva mollari mahsuldorligiga erishishda markaz zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etayotganini alohida qayd etdi.  
 
Uchrashuvda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilayotgan yangi loyihalar hamda sohada amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari muhokama qilindi.
 
Shuningdek, chorvachilik mahsulotlari, jumladan go‘sht va sut yetishtirishda yuqori mahsuldorlikka erishish uchun markaz tomonidan ilg‘or innovatsion texnologiyalarning amaliyotga joriy etishi xususida so‘z bordi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Поделиться