O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Amirliklarning “Masdar” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasida ilk quyosh elektr stansiyasini qurish uchun kredit bitimlarini imzoladi

2020-12-24 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Navoiy viloyatida quyosh elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida qiymati 100 mln dollardan ortiq kredit bitimini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra Amirliklar kompaniyasi Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banklaridan qarz olib loyihani amalga oshiradi.
 
Amirliklar kompaniyasi quyosh elektr stansiyasini qurish va undan foydalanish uchun xorijiy investorni tanlash bo‘yicha O‘zbekiston tarixida birinchi marta o‘tkazilgan kimoshdi savdosining g‘olibi bo‘ldi. Masdar bir kVt.s uchun 2.67 AQSh senti miqdorida dunyoda eng past tariflardan birini taklif qildi. 2019 yilning noyabrida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan imzolangan investitsiyaviy bitimga ko‘ra, Masdar kompaniyasi o‘z zimmasiga quyosh elektr stansiyasini loyihalash, moliyalashtirish, qurish hamda 25 yil davomida undan foydalanish bo‘yicha majburiyatlarni olgan edi.
 
Quyosh elektr stansiyasi 2021-yilning avgust oyida ishga tushiriladi.
 
Loyiha O‘zbekiston Hukumatining mamlakat energiya balansini diversifikasiya qilish, jumladan, 2030 yilga borib Respublikada quyosh energetikasi inshootlarining umumiy quvvatini 5 GVtga yetkazishga yo‘naltirilgan dasturning bir qismidir.
 
Masdar kompaniyasi loyihaga 100 mln dollardan ortiq miqdorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritadi va qurilish bosqichida 150ta ish o‘rni yaratadi, quyosh elektr stansiyasining ishga tushirilishi esa yiliga 260 mln kVt.s miqdorida elektr energiyasini ishlab chiqarishni ta'minlaydi.
 
Qayta tiklanadigan energiya manbalarining joriy etilishi elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan tabiiy gaz hajmini (yiliga 175 mln kub metrgacha) kamaytirishga, shuningdek, atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid chiqindilarini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi (yiliga 1,1 mln tonnagacha).
 
Masdar kompaniyasi Abu-Dabi hukumatining “Mubadala Investment Company”ning sho‘'ba korxonasi va dunyoning qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqaruvchi yetakchi xalqaro kompaniyalaridan biridir. Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan investisiyaviy loyihalar portfeli qayta tiklanadigan manbalardan quvvati 4000 MVtdan ortiq elektr energiyasini ishlab chiqaradigan inshootlarni o‘z ichiga oladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться