O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari bilan farmatsevtika sohasida hamkorlik aloqalari bo‘yicha umumiy ma'lumotlar

2020-12-25 | Iqtisodiyot

2019-2020 yillarda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Ozarbayjon Respublikalari bilan farmatsevtika mahsulotlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni yengillashtirish, tezlashtirishga doir Hukumatlararo kelishuv loyihalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu davlatlar bilan hozirgi kunda tartibga soluvchi organlariga mazkur bitimni imzolash taklifini ko‘rib chiqish haqida murojaatlar yo‘llandi va hozirda ikkala tomonlama tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

2019-2020 yillar oralig‘ida Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari davlat va xususiy korxonalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 21 ta Memorandum va Bitimlar imzolangan.
 
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarining farmasevtika kompaniyalari va xalqaro moliyaviy institutlar rahbarlari bilan investisiya loyihalari yuzasidan 2020 yilda 3 ta uchrashuv va 13 ta videokonferens aloqa orqali muzokaralar olib borildi.
 
Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elchixonasi ko‘magida Tojikiston Respublikasining tartibga soluvchi organlari tomonidan ushbu bitim imzolandi va O‘zbekiston mahalliy korxonalarga eksport qilish uchun yangi bozor ochildi. Mazkur Bitim, qo‘shni davlatlarda ro‘yxatga olishning uzoq davom etishi (180 kalendar kun) tufayli, O‘zbekiston farmasevtika korxonalarining mahsulotlarini yetkazib berishda vaqt va pul bilan bog‘liq sarf-harajatlari va boshqa muammolarni hal qilish maqsadida tayyorlangan.
 
Imzolangan bitim O‘zbekiston mahalliy korxonalarga eksport qilish uchun yangi imoniyatlar yaratib berdi. Shu bilan birga, bitim asosida ro‘yxatdan o‘tkazilishi nazarda tutilgan “Baxtteks-Farm” MChJ, “Dentafil Plyus” MChJ va “Uzgermed-Pharm” MChJ kabi yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 15 dan ziyod dori vositalarining dos'e hujjatlari Tojikiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish davlat nazorati xizmatiga topshirildi.
 
Ayni paytda “Dentafil Plyus” MChJ va Shimkent shahri sanoat iqtisodiy zonasi ma'muriyati bilan hamkorlikda Qozog‘iston Respublikasining Shimkent shahrida “in-bulk” asosida dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur loyihaga ko‘ra, qurilish uchun yer uchastkasi ajratilib, aloqa uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
 
Agentlik mutahassislari va mahaliy ishlab chikaruvchilar 1-2 dekabr kunlari Rossiyanining Qozon shaxrida “Made in Uzbekistan” milliy maxsulotlar ko‘rgazmasida maxalliy farmatsevtika korxonalarining ishtirokini va milliy mahsulotlarning namoyishini tashkillashtirdi. Shuningdek, ko‘rgazmada ishtirok etish mobaynida Rossiya korxonalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida uchrashuvlar amalga oshirilib, bir nechta eksport kelishuvlari tuzildi.
 
Hozirda, “Made in Uzbekistan” yorlig‘i ostida mamlakatda analogi bo‘lmagan yuqori texnologiyali tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish va tibbiyot sohasida import o‘rnini bosish imkonini berish maqsadida “CHIRANA ASIA” Slovakiya-Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi bilan birgalikda sun'iy nafas olish tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish tashkil etildi.
 
Shuningdek, Belarus' Respublikasi bilan ham bugungi kunda farmatsevtika sohasida 3 ta investision loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
 
Xususan, Belorusiyaning “FreBor” korxonasi bilan hamkorlikda dializ magistrallari va dializatorlarni, “BelAseptika” YoAJ bilan hamkorlikda antiseptika va dezinfeksiya vositalarini, «Belintelmed» va «Kardian» korxonalari bilan hamkorlikda tibbiyot texnikalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
 
Bundan tashqari, Belorusiyaning “Belfarm” MChJ qo‘shma korxonasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida karbopenemlar ishlab chiqarish liniyasini yo‘lga qo‘yish ishlari amalga oshirilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться