O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Italiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi yangi tayinlangan elchisi A. Pinna bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-12-25 | Iqtisodiyot

Shu yilning 24-dekabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Italiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi yangi tayinlangan elchisi A.Pinna bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama sheriklikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
 
Uchrashuvda, shuningdek, investisiyaviy hamkorlik sohasida ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi. Shu munosabat bilan neft-gaz, energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika va mashinasozlik sohalari hamda Italiyaning yirik kompaniyalarini O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishga jalb etish bo‘yicha hamkorlik qilish borasida aloqalarni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
Xorijiy tomon O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 6 mingdan ortiq tovar mahsulotlarini bojsiz eksport qilish imkonini beradigan ("GSP+") Preferensiyalar bosh tizimining benefisiar mamlakati maqomini olishda hamda YeI bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik shartnomasi (KShHB) imzolanishida yordam ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
 
Shuningdek, Italiya tomoni O‘zbekistonning Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a'zo bo‘lishi doirasida O‘zbekistonga har tomonlama ko‘mak berishga sodiqligini qayd etdi.
 
Tomonlarning hududlararo sheriklikni rivojlantirishga bo‘lgan qiziqishi alohida ta'kidlandi–tegishli takliflar tilga olindi va O‘zbekiston Respublikasining Samarqand viloyati bilan Italiya Respublikasining Lombardiya viloyati o‘rtasida hamkorlik bitimini imzolash bo‘yicha keyingi ishlar belgilab olindi.
 
Kun tartibi doirasida tomonlar bir qator rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar haqida, jumladan, 2021-yilning birinchi yarim yilligida Toshkent shahrida savdo-iqtisodiy va sanoat sohasida hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Italiya Hukumatlararo ishchi guruhi (HIG)ning yettinchi yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida kelishib oldilar.
 
Shu bilan birga, tadbir yakunida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi qo‘shma loyihalar amalga oshirilishini muntazam muhokama qilib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться