O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kiberxavfsizlik markazi tomonidan Axborot-hisoblash markazi xodimlari uchun onlayn seminar bo‘lib o‘tdi
2020-12-23 | Xavfsizlik sohasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar” deb nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik ko‘rsatish belgilangan.
Joriy yilning 16-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi DUK va Kiberxavfsizlik markazi DUK ning mutaxassislari bilan hamkorlikda “Axborot xavfsizligini ta’minlashda muammolar, tahdidlar va ularning yechimlari” mavzusida “Idoralararo hamkorlik bo‘limi” yetakchi mutaxassisi Izzatilla Ergashev hamda “Kiberxavfsizlik asosiy tushunchalari va muhim axborot infratuzilmalariga bo‘lgan kiberhujumlar” mavzusida “Davlat va xo‘jalik organlarini muvofiqlashtirish bo‘limi” bosh mutaxassisi Farhod Abdusalyamovlar ishtirokida online videokonfirensiya bo‘lib o‘tdi.
Ushbu seminarda, Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi ishtirokchilari axborot xavfsizligi, unga bo‘lgan tahdidlar, axborotni himoya qilish turlari, ichki va tashqi tahdidlar, bugungi kunda axborot xavfsizligini ta‘minlashda oldinda turgan masalalar, muammolar hamda ularni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida ma‘lumotlarga ega bo‘ldi. Shuningdek, mavzu yuzasidan tinglovchilarini qiziqtirgan savollariga ma‘ruzachilar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi