O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oziq-ovqat mahsulotlarini sinash laboratoriyalari modernizapsiya qilinmoqda
2020-12-25 | Texnologiyalar
“Oʻzstandart” agentligi tizimidagi Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazining sinov laboratoriyalari Jahon bankining 11,6 mln.doll. miqdoridagi imtiyozli krediti hisobiga modernizatsiya qilish va zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash uchun tender eʼlon qilinib, Germaniyaning “LMS Consult GMBH & CO. KG” kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi.
Unga koʻra, Xorazm va Buxoro filiallarida laboratoriyalarning binolari tayyorlanib, yangi jihozlari oʻrnatildi.
Manba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi