O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini baholash mezonlari ishlab chiqildi

2020-12-23 | Iqtisodiyot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Osiyo taraqqiyot banki va xorijiy ekspertlar (OTB) bilan hamkorlikda ilg‘or xorij tajribasiga asoslangan korporativ boshqaruv tizimini baholash mezonlarini ishlab chiqdi. 

Agentlik mazkur baholash mezonlarini davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga tatbiq etish va amaliyotda sinab ko‘rish  maqsadida davlat ishtirokidagi 10 ta korxonani saralab oldi.

Shu bilan birga, joriy yil 18 dekabr sanasida OTB ekspertlari tomonidan o‘quv trening tashkil etilib, unda xalqaro ekspert R.Frederik istiqbolli xorij tajribasi asosida ishlab chiqilgan korporativ boshqaruv tizimini baholash mezonlari mexanizmi va undan foydalanish yo‘llari yuzasidan atroflicha tushuntirish berdi.

Tadbirda Agentlik vakillari tomonidan baholash mezonlarini qo‘llash saralab olingan dastlabki davlat korxonalarining korporativ boshqaruvini rivojlantirishda yaxshi samara bersa, kelgusida mazkur mezonlarni qo‘llash barcha davlat korxonalariga tatbiq etilishi ta’kidlandi.

Trening so‘ngida ishtirokchilar korporativ boshqaruv sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv tizimini baholash mezonlari o‘z  samarasini berishiga qat’iy ishonch bildirdilar.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Поделиться