O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Paxtachilikda yer resurslarini boshqarish masalalari o‘rganildi

2020-12-21 | Iqtisodiyot

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan “Paxtachilik sanoatini barqaror rivojlantirish va qo‘shimcha qiymatni oshirish" global loyihasi doirasida Samarqand shahrida yer resurslarini boshqarish, tuproqni tahlil qilish va paxta yetishtirishda almashlab ekish mavzulari bo‘yicha amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarda Samarqand va Navoiy viloyatlaridan kelgan tuproqshunoslar, agronomlar va paxta-to‘qimachilik klasterlari mutaxassislari qatnashishdi. 
 
Mashg‘ulotlarni professor Habibjon Kushiyev va Guliston davlat universiteti o‘simlik va tuproq laboratoriyasi mutaxassislari olib borishdi. Professor Kushiyev tuproq unumdorligini oshirishning asosiy usullari: yerni ekishga tayyorlash, tuproq tahlillarini o‘tkazish va paxtachilikda almashlab ekish bo‘yicha ma'lumotlar berib, seminar qatnashchilari bilan muhokamalar olib bordi. Bundan tashqari, ishtirokchilarga tuproqqa muntazam ravishda ishlov berishning muhimligi, shu jumladan o‘g‘itlash va sho‘rlanish haqida ham bilim va ko‘nikmalar berildi.
 
Treningning ikkinchi qismi loyiha doirasida sotib olingan tuproq va suv tahlillari uchun ko‘chma uskunalar namoyish etildi va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться