O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iste’mol narxlari statistikasini takomillashtirish bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi

2020-12-21 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 9–18- dekabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi statistika departamenti bosh iqtisodchisi Brayan Graf tomonidan iste’mol narxlari statistikasini takomillashtirish, texnik ko‘mak hamda uslubiy maslahat ko‘rsatish bo‘yicha onlayn ravishda tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida ekspert tomonidan iste’mol narxlari statistikasi, xususan, hisob-kitoblar hamda indekslarning shakllanish jarayonlari bo‘yicha fundamental va uslubiy asoslar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Iste’mol narxlari statistikasiga oid ma’lumotlar manbasidan foydalanish va kuzatuvni tashkil etishning metodologik asoslari bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, tadbir davomida ekspert Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari tomonidan kuzatuvlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan berilgan savollarga batafsil javob va tegishli tavsiyalar berdi.

Onlayn tadbir samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. Xususan, ekspert O‘zbekistonda iste’mol narxlari indeksi kuzatuvlarini tashkil etish va hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.

Shuningdek, ekspert kelgusida ham iste’mol narxlari statistikasi borasida yuzaga keladigan savollar va masalalar bo‘yicha doimo hamkorlikka tayyorligini ta’kidladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Поделиться