O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

“Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

09.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi
Joriy yilning 4-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi va seminarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi vakillari, sug‘urta kompaniyalari, soha ekspertlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.

O‘zbekiston – Pokiston investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorligi ko‘rib chiqildi

09.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 8-mart kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Pokiston Bosh vazirining savdo, to‘qimachilik sanoati va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud bilan ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va savdo-iqtisodiy, transport va logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro kelishuvlarni amalga oshirishning hozirgi holati muhokamasiga bag‘ishlangan muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Hindiston standartlar byurosi bosh direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi

08.03.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

Respublikamizning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov ushbu mamlakat Standartlar byurosi bosh direktori Pramod Tivari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Toshkentda O‘zbekiston – Belarus Ishbilarmonlar kengashining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

05.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 4-mart kuni Belarus Respublikasi hukumati delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston – Belarus Ishbilarmonlar kengashining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

05.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Belarus Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Subbotin raisligida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik masalalari muhokama qilindi

05.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 4-mart kuni Belarus Respublikasi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov bilan Belarus Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Subbotin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O'zbekistonning Yashil iqtisodiyotga o'tishning strategik va ustuvor yo'nalishlari bo'yicha xalqaro forum

04.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3-4 mart kunlari Toshkentda "Kelajakni yaxshiroq barpo etish: O'zbekiston uchun COVID-19 yashil tiklanish" onlayn xalqaro forumi bo'lib o'tdi. Ushbu forumga O'zbekiston hukumati tomonidan, xususan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va Birlashgan millatlar tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi vakillari bilan birgalikda o’tkazildi.

Shavkat Mirziyoyev: Ipoteka krediti bo‘yicha moliyaviy resurslardan yetishmovchilik bo‘lmaydi

03.03.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-mart kuni uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Prezidenti BAA delegasiyasini qabul qildi

03.03.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Milliy statistika tizimi xalqaro standartlarga mos ravishda tartibga solinadi

03.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi yangi Qonunning mazmun mohiyati ilmiy jamoatchilikka havola etildi

02.03.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Xalqaro prinsiplar va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ-677-son Qonunining maqsadi va mazmun mohiyati bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida Moliya vazirligi hamda Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda 2021-yil 1-mart kuni Toshkent moliya institutining rahbar xodimlari, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari, xalqaro auditorlik tashkilotlari mutaxassislari, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli strategiyasiga oid masalalar muhokama qilindi

02.03.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-mart kuni o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi.

Sirdaryo viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar ko‘rib chiqildi

02.03.2021SiyosatManba: O'zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni Sirdaryo viloyatining investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va GIZ Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish loyihasini amalga oshirishni boshlashmoqda

27.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyihalar menejeri Paul Shumaxer" Orolbo‘yida ekologik yo‘naltirilgan mintaqaviy taraqqiyot" loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar, u Orolbo‘yi hududini barqaror transchegaraviy ekologik hamda  iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga erishishda O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlariga ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan.

Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

26.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 26-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Mehmet Sureyya Er bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bunyodkorlik loyihalari taqdimot qilindi

26.02.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-fevral kuni Toshkent viloyatida amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirishni rag‘batlantirish ishlari davom etmoqda

26.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari boshchiligida hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat ishchi guruh Surxondaryo viloyatida joylashgan qator sanoat va ijtimoiy obyektlarga tashrif buyurib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy holatini o‘rganish va uni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘z ishini davom ettirdi.

Toshkentda KOICA bilan hamkorlikda kadrlarni qayta tayyorlash markazi ochiladi

25.02.2021Ta’limManba: O'zA

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Pak Sunjin xonim bilan uchrashdi.

Surxondaryo viloyatini sanoat va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish masalalari o‘rganilmoqda

25.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy holatini o‘rganish va iqtisodiy jihatdan o‘sishini rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish borasida o‘tgan hafta davomida tizimli ravishda amalga oshirilgan ishlarning oraliq yakunlarini sarhisob qildi.

“Suv resurslaridan samarali foydalanish” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi

24.02.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi suv хo‘jаligi vаzirligi

Suv resurslaridan samarali foydalanish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilishga oid qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati va ularda belgilangan vazifalar ijrosi bilan jamoatchilikni tanishtirish maqsadida 2021-yilning 22-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida tashkil etilgan matbuot anjumanida markaziy va mahalliy matbuot nashrlari, radio-televidenie, internet jurnalistlari va blogerlar qatnashdi.