O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

«Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida» anjumanini yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilandi

29.04.2021SiyosatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida» xalqaro madaniyat forumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori imzolandi

O'zbekiston iqtisodiyotining kompleks diagnostik tadqiqoti doirasida onlayn-konsultatsiyalar

29.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sizning fikringiz biz uchun muhim! Joriy yilning 26-aprelidan 10-maygacha Jahon banki jamoatchilik, jumladan fuqarolik jamiyati, xususiy sektor vakillari, ilmiy doiralar, mahallalar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan onlayn konsultatsiyalar o'tkazmoqda. Undan maqsad 2022-2026-yillarda O'zbekiston bilan kambag'allikni yengishga va jamiyatning iqtisodiy farovonligini oshirishga yordam beradigan istqibolli hamkorlik yo'nalishlarini aniqlashdir.

 

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Sirdaryoda tadbirkorlar bilan uchrashdi

28.04.2021IqtisodiyotManba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Yoshlar markazi”da sirdaryolik tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan uchrashdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari MOMIHI instituti direktori bilan Markaziy Osiyoda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

28.04.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev 26-aprel kuni Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik instituti  (MOMIHI) direktori Said Shakil Shoh bilan onlayn shaklda muzokaralar o‘tkazdi

Yaponiyaning "JICA" xalqaro hamkorlik agentligi vakillari bilan uchrashuv

28.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Joriy yilning 26-aprel kuni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirining birinchi o'rinbosari Saidqahhor Xolxo‘jayev “JICA”ning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Miyazaki Suguru boshchiligidagi Yaponiyaning "JICA" xalqaro hamkorlik agentligi vakillari bilan uchrashdi.

Iqtisodiy zonalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 1 trillion 600 milliard so‘m ajratiladi

27.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-aprel kuni erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Elektron hukumatning “estoncha modeli”. Oʻzbekiston va Estoniya hamkorligi yangi bosqichga oʻtdi

27.04.2021IqtisodiyotManba: «Yangi O"zbekiston»

Oʻzbekiston elektron hukumat sohasida Estoniya tajribasini oʻrganmoqda. Shu oʻrinda savol tugʻiladi, nega aynan Estoniya? Aholisi soni jihatidan Toshkent shahrinikidan uch baravar kamni tashkil etuvchi bu kichik mamlakat tajribasi biz uchun qanchalik namuna boʻla oladi?

Jizzax viloyati tadbirkorlarining masalalari hal etilmoqda

27.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 24-aprel kuni Davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligida hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat Eksport va investisiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tadbirkorlar va eksportchilar bilan ishlash va ularning muammoli masalalarini hal etish uchun Jizzax viloyatiga yo‘l oldi.

Uy-joylarga xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

27.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

Samarqand viloyatida investitsiyalarni jalb etish, tashqi savdoni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga yangicha yondashuv

27.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 24-aprel kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Samarqand viloyatida investitsiyalarni jalb etish, tashqi savdoni rivojlantirish va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha yangi ish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha viloyat aholisiga murojaat qildi.

Saudiya Arabistoni kompaniyasi O‘zbekistonda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda

26.04.2021IqtisodiyotManba: “Dunyo” axborot agentligi

Mamlakatimizning Ar-Riyoddagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov Saudiya Arabistonining «SABIC» kompaniyasi raisining o‘rinbosari Ahmad Al-Umar bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi

Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni kompleks rag‘batlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

24.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
Joriy yilning 22-aprel kuni Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligida hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni kompleks rag‘batlantirish chora-tadbirlarini muhokama etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev: Meni ko‘proq quvontiradigani yoshlarimizning malakasi, ishonchi

24.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Texnoparkda ishga tushirilgan yangi korxonalarni borib ko‘rdi.

Prezident elektr tarmoqlari korxonasining innovatsion markazini borib ko‘rdi

24.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-aprel kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazi faoliyati bilan tanishdi.

O'zbekiston va Shri-Lanka sayyohlik sohasidagi hamkorlik mustahkamlamoqda

23.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

2021-yilning 21-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi binosida Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi M. D. Lamavansa bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Jahon banki vakillari bilan uchrashuv

23.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy vise-prezidenti Anna Byerde xonim boshchiligida Jahon banki vakillari bilan Jahon banki guruhining “Bahor uchrashuvlari” doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari tadbirkorlari masalalarini hal etish ishlari faol davom etmoqda

23.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 21-aprel kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlarida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar doirasida berilgan ko‘rsatmalar ijrosi, shuningdek, ushbu hududlarda investisiyaviy va tashqi savdo faoliyati bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi.

Surxondaryo viloyati tadbirkorlarining muammoli masalalari ko‘rib chiqildi

22.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 21-aprel kuni Davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligidagi hamda vazirliklar, idoralar, sanoat birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tadbirkorlar muammolarini aniqlash va hal etish uchun Surxondaryo viloyatiga yo‘l oldi.

Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi ustidan nazorat onlayn tarzda olib boriladi

21.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirildi.