O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2021-03-05 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 4-mart kuni Belarus Respublikasi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov bilan Belarus Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Subbotin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston – Belarus sherikligining keng ko‘lamli yo‘nalishlari bo‘yicha dolzarb kun tartibi, shuningdek, erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi va rejalashtirilgan tadbirlarga tayyorgarlikning joriy holati muhokama qilindi.
 
Ikki mamlakat hukumatlari uchun o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi ikki davlat iqtisodiyotini o‘zaro to‘ldirish asosida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni jadal rivojlantirish ekanligi ta'kidlandi. Tomonlar qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, mashinasozlik, farmatsevtika hamda oziq-ovqat sanoati, sog‘liqni saqlash va ta'lim kabi istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli investitsiya loyihalari portfelini kengaytirishni maqsad qilib, bu borada olib borilayotgan ishlarni mamnuniyat bilan e'tirof etdilar va ularni faollashtirishga tayyorliklarini bildirdilar.
 
Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirgan va hozirda ishlab chiqarish faoliyatini olib borayotgan Belarus kompaniyalari to‘plagan muvaffaqiyatli tajribani hisobga olgan holda, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi. Tayyorlanayotgan mahsulotlar uchun butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish evaziga Respublikada mahalliylashtirishni oshirish orqali sanoat kooperatsiyasi samaradorligini yuksaltirish bo‘yicha konstruktiv takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, qabul qilingan qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish va chorvachilik, farmatsevtika, asbobsozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, charm-poyabzal  sanoatida yangi loyiha takliflarini ishlab chiqish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar xususida kelishib olindi.
 
O‘z navbatida, O‘zbekiston – Belarus tovar aylanmasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi. Jumladan, tomonlar o‘zaro savdo hajmini yaqin kelajakda 500 mln dollarga yetkazish bo‘yicha izchil hamkorlik qilishga sodiqliklarini bildirdilar. Ayni jihatdan kelib chiqib, o‘zaro manfaatli yangi savdo bitimlarini tuzish hamda O‘zbekiston va Belarus ishlab chiqaradigan tovarlarning ikki mamlakat bozorlariga kirishini yengillashtirish maqsadida standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasidagi hamkorlikni faollashtirish nuqtai nazardan O‘zbekiston va Belarus kompaniyalari o‘rtasidagi munosabatlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini birgalikda o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
 
Muloqot chog‘ida transport va tranzit sohasidagi hamkorlik masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Tomonlar parvozlar sonini oshirish, xalqaro yuk tashish sohasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va ikki mamlakat hududida logistika operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona nazorati mexanizmlarini optimallashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar. Ushbu sohadagi barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro maqbul yechimlarni ishlab chiqish uchun yaqindan hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
Tadbir davomida tomonlar mavjud kelishuvlarni muhokama qilish va ularning amalga oshirilishini ta'minlash hamda qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni ilgari surish uchun muntazam ravishda muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться