O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryo viloyatini sanoat va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish masalalari o‘rganilmoqda

2021-02-25 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy holatini o‘rganish va iqtisodiy jihatdan o‘sishini rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish borasida o‘tgan hafta davomida tizimli ravishda amalga oshirilgan ishlarning oraliq yakunlarini sarhisob qildi.

Ishchi guruh a'zolari – vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari sanoat korxonalari va ob'ektlariga tashrif buyurib, mavjud muammolarni tahlil qilmoqda va ularni tezkor hal etish algoritmlarini yaqin idoralararo hamkorlikda ishlab chiqmoqdalar. Shuningdek, xom ashyoni chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yangi sanoat korxonalarini tashkil etish uchun mavjud bo‘lgan imkoniyatlar va infratuzilmaviy ob'ektlar ham o‘rganilmoqda.
 
Viloyat, tuman va mahallalar miqyosida “iqtisodiy o‘sish nuqtalari”ni aniqlash orqali viloyatda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini bir necha karra ko‘paytirish, shuningdek, turli soha korxonalari o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash vazifasi qo‘yilgan.
 
Ishchi guruh rahbariyati tomonidan yuzaga kelayotgan masalalarni aniqlash va hal etish, shuningdek, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga har tomonlama yordam ko‘rsatish maqsadida viloyatda yoshlar bilan doimiy hamkorlik qilish tizimini tashkil etish topshirildi.
 
Shuningdek, “mahalla raisi – islohotchi” tashabbusi doirasida mahallalar rahbarlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish va aholini kasanachilikka keng jalb etish orqali bandligini ta'minlashga qaratilgan manzilli ishlarni yanada faollashtirish zarurligi ta'kidlandi.
 
Ishchi guruh kelgusi hafta davomida viloyatda o‘z ishini davom ettiradi. Uning yakunlari bo‘yicha Surxondaryo viloyatining 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan hududiy investitsiya dasturi ishlab chiqiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться