Auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi yangi Qonunning mazmun mohiyati ilmiy jamoatchilikka havola etildi
Xalqaro prinsiplar va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘RQ-677-son Qonunining maqsadi va mazmun mohiyati bilan keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida Moliya vazirligi hamda Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda 2021-yil 1-mart kuni Toshkent moliya institutining rahbar xodimlari, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari, xalqaro auditorlik tashkilotlari mutaxassislari, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatining maqsadi Qonunni qabul qilinishining maqsadi, zaruriyati, mazmun-mohiyati, tarkibi hamda uni qabul qilinishi natijasida amalga oshiriladigan ishlar va uning natijasida kutilayotgan amaliy natijalar muhokamasiga bag‘ishlandi.
Dastlab davra suhbatida Moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Otabek Barakayev tomonidan mazkur Qonunning qabul qilinish zaruriyati va ahamiyati to‘g‘risida taqdimot qildi. Qonunning asosiy maqsadi zamonaviy talablar va xalqaro prinsiplar asosida auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish hisoblanadi.
Qonunda xalqaro prinsiplar va ilg‘or xorijiy tajribalardan kelib chiqib auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish nazarda tutilgan. Eng muhimi ushbu hujjat auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi yagona me'yoriy hujjat ko‘rinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan Qonun sifatida qabul qilindi.
Davra suhbat ishtirokchilari mazkur Qonunda belgilangan normalarni o‘z vaqtida sifatli bajarish uchun Moliya vazirligi bilan hamkorlik masalalarida kelishib olishdi.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi