O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda KOICA bilan hamkorlikda kadrlarni qayta tayyorlash markazi ochiladi

2021-02-25 | Ta’lim

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Pak Sunjin xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Toshkentda Kadrlarni qayta tayyorlash markazini ochish hamda shu markazning o‘zida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini barpo etish haqida kelishildi.

Loyiha Koreya Respublikasining tashqi yordami (granti) hisobidan 11 million dollar miqdorida 2021-2026 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Kompleks markaz maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari va metodistlarini o‘qitadi va malakasini oshiradi.  

Tatbiq etilishi rejalashtirilayotgan “Koreys dasturi” nafaqat bolalar bilan mashg‘ulotlarni, balki ota-onalar bilan o‘zaro munosabatlarni ham mustahkamlashga xizmat qiladi.

– Biz maktabgacha ta’limga ko‘proq ota-onalarni jalb qilmoqchimiz, pandemiya vaqtida, maktabgacha yoshdagi bolalar vaqtincha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamagan paytda ota-onalar o‘zlari mustaqil ravishda farzandlari bilan birgalikda ularning bilimini rivojlantirish, qobiliyatlarini aniqlash va yo‘naltirish kerakligi ma’lum bo‘ldi, – deydi Agrippina Shin. 

– Ushbu markaz innovatsion raqamli klaster va eng yaxshi maktabgacha ta’lim loyihalaridan biri bo‘ladi degan umiddaman. Bundan tashqari, Markaz MTTlar uchun innovatsion o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va o‘quv materiallarini ishlab chiqadi.  

Kompleks markazning qurilishi 2022-yilga mo‘ljallangan.

 

Mohigul Qosimova, 

Muhammad Amin (surat)

Manba: O'zA

Поделиться