O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2021-03-05 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Belarus Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Subbotin raisligida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakatning tegishli vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, savdo-sanoat palatalari va yirik sanoat korxonalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
 
Tadbir kun tartibi savdo-iqtisodiy, sanoat, transport va logistika, madaniy-gumanitar hamkorlik, uni kengaytirish istiqbollari va ikki tomonlama munosabatlarning yangi yo‘nalishlari bo‘yicha keng ko‘lamli masalalarni qamrab oldi.
 
Ikki delegasiya rahbarlari o‘z chiqishlarida investisiyalarni jalb etish, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish va O‘zbekiston hamda Belarus ishlab chiqaruvchilarining ikki mamlakat bozorlariga kirishi orqali o‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishda ulkan ishga solinmagan ulkan salohiyat mavjudligini ta'kidladilar.
 
Shu o‘rinda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish uchun platforma sifatida yangi tashkil qilingan O‘zbekiston – Belarus Ishbilarmonlar kengashining ahamiyati qayd etildi.
 
Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishda katta istiqbollar belgilandi. Shu bilan birgalikda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi, qurilish sanoati va farmasevtika sohalarida qo‘shma ishchi guruhlarning o‘zaro hamkorligi doirasida kooperatsiya aloqalarini chuqurlashtirish uchun munosabatlarni mustahkamlashga oid yo‘nalishlar belgilandi.
 
Tadbir davomida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari ham so‘zga chiqib, muayyan tarmoqlar va sohalar bo‘yicha ikki tomonlama sheriklikni rivojlantirish, shuningdek, hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan konstruktiv takliflarni bildirdilar.
 
Tomonlar ikki davlat hududlari orqali temir yo‘l transporti uchun raqobat sharoitlarini shakllantirish va parvozlar sonini oshirishni nazarda tutgan holda transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga o‘zaro tayyor ekanliklarini bildirdilar. Ishtirokchilarning fikricha, bu ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi bevosita aloqalarning kengayishiga va o‘zaro turistik oqimlarning ko‘payishiga sezilarli hissa qo‘shadi.
 
Tadbirda ikki mamlakat hududiy ma'muriyatlari va biznes-missiyalari rahbarlarining yangi investisiya loyihalari hamda savdo bitimlarini ishlab chiqish uchun O‘zbekiston va Belarus hududlariga o‘zaro tashriflarini tashkil etish orqali hududlararo hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi.
 
Shuningdek, ilmiy va innovasiya, madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni kengaytirish istiqbollari va erishilgan yutuqlar haqida so‘z yuritildi. Xususan, 2020-yilda Belarus – O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikasiyalar instituti tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Belarus Respublikasi Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi vakillaridan iborat qo‘shma komissiya hozirgi kunda kelgusida amalga oshirish uchun 15 ta qo‘shma ilmiy loyiha ustida ish olib bormoqda.
 
Tadbir davomida ta'lim, turizm, farmasevtika, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, madaniy-gumanitar va hududlararo hamkorlik sohasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
 
Uchrashuv so‘ngida tadbir davomida erishilgan asosiy kelishuvlar va ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning muhim yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yakuniy bayonnoma imzolandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться