O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va GIZ Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish loyihasini amalga oshirishni boshlashmoqda

2021-02-27 | Iqtisodiyot

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) loyihalar menejeri Paul Shumaxer" Orolbo‘yida ekologik yo‘naltirilgan mintaqaviy taraqqiyot" loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar, u Orolbo‘yi hududini barqaror transchegaraviy ekologik hamda  iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga erishishda O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlariga ko‘mak ko‘rsatishga qaratilgan.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining agrar sektorida ishlayotgan qishloq aholisi Orol fojiasi oqibatlaridan juda aziyat chekmoqda, - ta'kidladi vazir Jamshid Xodjayev. -  Shu bois Orolbo‘yi hududida ekologik yo‘naltirilgan mintaqaviy rivojlanish biz uchun juda muhimdir. Yangi loyihaning konsepsiyasi "2030 yilgacha qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi"ning "Aholining oziq-ovqat xavfsizligi" hamda "Qishloq joylarni rivojlantirish" singari asosiy ustuvor yo‘nalishlariga mos keladi, shuningdek BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini ham aks ettiradi. Yangi loyihaning asosiy tarkibiy qismlari: konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, raqamlashtirish, geoaxborot tizimi, masofaviy zondlash, transchegaraviy hamkorlik va boshqalar. Shu qatorda biz qozog‘istonliq qo‘shnilarimiz bilan ma'lumot almashish uchun ochiqmiz. Ishonchim komilki, ushbu loyiha va bizning o‘z rivojlanish rejalarimiz barchamizga kuchli sinergik samara va natijalarga erishishga imkon beradi".
 
Byudjeti 8 million yevroni tashkil qiluvchi to‘rt yillik mazkur loyiha ekologik va ijtimoiy jihatlarga salbiy ta'sirlarni minimallashtirishni hisobga olgan holda iqtisodiy rivojlanishga kompleks yondashuv asosida amalga oshiriladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Поделиться