O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli strategiyasiga oid masalalar muhokama qilindi
2021-03-02 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-mart kuni o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi.
Uchrashuvda maslahatchi Chakrabartining O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasini tayyorlash, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, mamlakatimizning xorijiy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarini kengaytirish borasidagi taklif va tavsiyalari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari “yo‘l xaritasi” va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha boshqa muhim konseptual hujjatlarni birgalikda puxta tayyorlashni davom ettirish va keyinchalik ularni amalga oshirish zarurligini ta'kidladi.
Investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, davlat ulushi mavjud korxonalarni transformatsiya qilish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti