O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy kichik qo‘mitasining Yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

09.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida videokonferensiya shaklida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy Kichik qo‘mitasining Yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Bangladesh ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning yangi bosqichi

07.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Bangladesh hukumat va ishbilarmon doiralari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkentda O‘zbekiston-Bangladesh biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Saudiya Arabistoni Podshohligi moliya vaziri Muhammad bin Abdulla al-Jadaan bilan uchrashuv

07.09.2021SiyosatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Timur Ishmetov Saudiya Arabistoni Podshohligi moliya vaziri Muhammad bin Abdulla al-Jadaan bilan uchrashdi.

Biznes masalalariga bag‘ishlangan O‘zbekiston-Evropa davra suhbati bo‘lib o‘tdi

07.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Gibrid shaklida Yevropa biznes assosiasiyasi (“AEV”), Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assosiasiyasi (“EuroUz”) hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan “EI-O‘zbekiston” Birinchi biznes davra suhbati o‘tkazildi.

Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv

07.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Osiyo taraqqiyot bankining xususiy sektor va davlat xususiy sherikligi bo‘yicha vitse-prezidenti Ashok Lavasa bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

07.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Salmon Fazlur Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezident Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirdi

06.09.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Toshkent shahrida Islom taraqqiyot banki Boshqaruv kengashining 46-yillik anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

31.08.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Islom taraqqiyot banki Prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jassir bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi

30.08.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L. Kudratov Serbiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi N. Starovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yangi O‘zbekiston Turkiyaning Van shahrida taqdim etildi

30.08.2021JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Eng ulug‘ va eng aziz bayram – O‘zbekiston istiqlolining 30 yillik bayrami arafasida mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi vakillari Van shahrida mahalliy jamoatchilik, tadbirkor va ishbilarmon doiralar vakillariga Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning taqdimot marosimini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda.

Davlat mukofotlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

30.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 25-avgustdagi Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan taqdirlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, eksportni qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy aloqalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va kooperatsiya aloqalari kompleksi tarkibiga kiruvchi bir qator vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlariga davlat mukofotlarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident olis tumandagi zamonaviy korxonani borib ko‘rdi

30.08.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida olis Tomdi tumaniga ham bordi. Navoiy kon-metallurgiya kombinatining texnogen chiqindilarni qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan tanishib, odamlar bilan suhbatlashdi.

Yurtimizdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati

26.08.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

Respublikada 2021- yilning yanvar-iyun oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 20 236 ta oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 21 885,8 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Energetika vaziri Yaponiya elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

26.08.2021SiyosatManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Energetika vaziri Alisher Sultanov va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yoshinori Fudjiyama bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Toshkentda O‘zbekiston-Birlashgan Arab Amirliklari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

26.08.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Toshkentda O‘zbekiston-Birlashgan Arab Amirliklari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston Respublikasi hamda BAA davlat muassasalari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etishdi. Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan “DP World”, “Abu Dhabi Ports”, “Masdar”, “Mubadala Health”, “VPS Healthcare”, “DAMAC”, “Kanoo Group”, “Julphar”, “Al Rais Travel and Tourism” kabi va boshqa korxonalar vakillari qatnashdi.

O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investityaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

26.08.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vaziri Abdulloh bin Tuk al-Marri bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va ЕI ko‘p qirrali hamkorlik doirasida muloqotni rivojlantirish niyatida

25.08.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha Maxsus vakili Teri Hakalani qabul qildi.

O‘zbekiston va Pokiston ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishda davom etadi

24.08.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 23-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Abdul Razzoq Dovud shu yilning iyul oyida Pokiston Bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qildilar, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning kun tartibini ko‘rib chiqdilar.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Jahon banki “Biznes yuritish osonligi” indeksidagi natijalarini yaxshilash yo‘lida amalga oshirilgan ishlar

24.08.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning Jahon banki “Biznes yuritish osonligi” indeksidagi natijalarini yaxshilash yo‘lida amalga oshirilgan ishlar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining yillik yig'ilishiga tayyorgarlik ko'rish ustuvor vazifalar sirasiga kiradi

24.08.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar Kengashining Yillik anjumaniga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha Tashkiliy qo'mita yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, O'zbekiston tomonidan ITB Boshqaruvchisi S.Umurzakov rahbarligida o'tkazildi.