O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi

2021-08-30 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L. Kudratov Serbiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat kotibi N. Starovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston-Serbiya hamkorligining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika sohalarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
 
Tomonlar savdo aylanmasini ko‘paytirish va ikki mamlakat o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlarini kelishib olishdi.
 
Ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy sohadagi shartnomaviy-huquqiy bazani rivojlantirish maqsadidagi hamkorlik masalalari alohida muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro rag‘batlantirish va investitsiyalarni himoya qilish, shuningdek, ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish bo‘yicha hukumatlararo bitimlar loyihasini tayyorlashni boshlashga kelishib olishdi.
 
Muzokaralar yakunida tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan qo‘shma ishlarni davom ettirishga kelishib olishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться