O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi O‘zbekiston Turkiyaning Van shahrida taqdim etildi

2021-08-30 | Jamiyat

Eng ulug‘ va eng aziz bayram – O‘zbekiston istiqlolining 30 yillik bayrami arafasida mamlakatimizning Turkiyadagi elchixonasi vakillari Van shahrida mahalliy jamoatchilik, tadbirkor va ishbilarmon doiralar vakillariga Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning taqdimot marosimini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda.

Van shahridagi mahalliy Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tgan tadbirda istiqlol neʼmatining ahamiyatiga urg‘u berildi. Bundan 30 yil avval o‘z mustaqilligiga erishgan O‘zbekistonda bugungi kunda zamonaviy demokratik davlat barpo etilayotgani bilan bog‘liq dalillarga alohida eʼtibor qaratildi.

Taqdimot davomida so‘nggi besh yilda mamlakatda amalga oshirilgan yangilanishlar “Yangi O‘zbekiston” iborasida o‘z tajassumini topayotgani, bu jarayonda Turkiya bilan hamkorlik, jumladan, hududlararo aloqalar ham izchil ravnaq topayotgani qayd etildi.

Shu o‘rinda Van viloyatining mamlakatimizdagi muvofiq hududlar bilan savdo-tijoriy hamda madaniy-gumanitar munosabatlarini rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligiga eʼtibor qaratildi.

Van Savdo-sanoat palatasi raisi Nejdet Takva O‘zbekiston so‘nggi yillar davomida erishgan muvaffaqiyatlarga yuqori baho berdi. U O‘zbekistonning muborak nomi, Yangi O‘zbekiston iborasi Turkiyada ham bot-bot yangrayotganini taʼkidladi.

“O‘zbekistondagi o‘zgarishlarni yaqindan, muntazam kuzatib kelaman. Biz Van shahridagi tadbirkor va ishbilarmonlarning O‘zbekiston bilan aloqalarini chuqurlashtirishini istaymiz”, - dedi Nejdet Takva.

Maʼlumot tariqasida qayd etish joizki, Van Turkiyaning sharqiy qismida joylashgan viloyat bo‘lib, unda qariyb 1 million 150 ming aholisi istiqomat qiladi. Iqtisodiyoti chorvachilik va dehqonchilikka asoslangan. Van Savdo-sanoat palatasiga aʼzo tadbirkor va firmalarning soni 16 mingtani tashkil etadi. Viloyatning g‘arbiy hududida tarkibidagi soda jihatidan dunyoda birinchi o‘rinda turadigan Van ko‘li joylashgan.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться