O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv

2021-09-07 | Iqtisodiyot

Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov Osiyo taraqqiyot bankining xususiy sektor va davlat xususiy sherikligi bo‘yicha vitse-prezidenti Ashok Lavasa bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi direktori Sindi Malvichini, direktor o‘rinbosari Enriko Pinali, bosh iqtisodchi Bekzod Jalilov hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isakov, Davlat xususiy sherikchilik rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Zokir Bozorov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida davlat xususiy sherikchilik rivojlantirish agentligi, bu borada O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot bankining bugungi kundagi va kelajakdagi hamkorligi, DXSh bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqidagi masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tomonlar mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, davlat korxonalarida o‘tkazilayotgan islohotlar, davlat banklarini xususiylashtirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar kun tartibidagi masalalar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Поделиться